TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali avatar

TGINSIGHT POST

Post #84591

@toshkentvxtb

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

Mionekano317Idadi ya mionekano
Imechapishwa8 Mac08/03/2026, 06:07
Maudhui ya chapisho

Maudhui

#tabrik Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimdagi TABRIK SO‘ZI Aziz va muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar! Ayol — hayotimiz fayzi, oilaning mustahkam tayanchi, jamiyatimizning ma’naviy ustunidir, ayol borki, jamiyatda mehru muhabbat, xonadonlarda fayzu tarovat va saranjomlik hukmron. Shu o‘rinda Alisher Navoiy bobomizning “Ayollar – farishtalarning opa-singillaridir” degan hikmatli so‘zlarini yod olish joizdir. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan xalqchil siyosati zamirida ham, eng avvalo, ayollarni ulug‘lash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, munosib sharoit yaratishdek ezgu va xayrli maqsadlar mujassamligini barchamiz chuqur anglaymiz. 🌐Batafsil ✅Telegram🌐Website📹YouTube✅Facebook🕊Twitter