#SPORT
🔵Chirchiq shahrida o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilmoqda
⭐Toshkent viloyati Chirchiq shahar maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlarining 2026-yilgi mavsumiga rasman start berildi. Mazkur jarayon viloyatning 22 ta shahar va tumanlarida bir vaqtda yo‘lga qo‘yildi.
⭐Jumladan, Chirchiq shahridagi 4-sonli umumta’lim maktabida ham ushbu sport sinovlari tashkil etildi. Chirchiq shahar sport maktabining vakillari, Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, maktab jamoasi hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.
⭐So‘zga chiqqanlar yoshlarni jismoniy faollikka jalb etish, ularning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishida sportning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladilar.
⭐Mazkur sport sinovlarida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarni qamrab olib, ularning jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, chidamliligi hamda umumiy salomatlik darajasini aniqlashga qaratilgan.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook|
🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
💬“Double party twofold fun: Sports Fiesta & Sumalak”
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi xodimlari uchun sport musobaqalari va sumalak tadbiri tashkil etildi.
🎲Ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilgan ushbu tadbir Oliy maktab xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ularning ishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishga xizmat qiladi.
🔍 Batafsil
#GraduateSchool#Sport#Competition
🌐Web-site |
✅ Telegram |
✅Facebook |
🌐Instagram
🇺🇿Oliy biznes maktabi tinglovchilari 🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan qisqao‘quv kurslarida
🏢 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari Xitoyning Pekin shaxridagi Xalqaro Biznes Rasmiylari Akademiyasi (AIBO) tomonidan tashkil etilgan Sport sanoatini rivojlantirish bo‘yicha maxsus kursda malaka oshirmoqdalar.
🎯 Mazkur o‘quv kursidan asosiy maqsad turli mamlakatlarga sport sanoatini har tomonlama rivojlantirish bo'yicha nazariy bilimlarni oshirishda yordam berish va Xitoyning sportni rivojlantirish tajribasi haqida ma'lumotlar yetkazishdan iborat. Shuningdek, ushbu seminar o'zaro do‘stlik aloqalarini rivojlantirish va mamlakatlar o'rtasida sport bilan bog'liq sohalarda hamkorlik uchun qulay platforma yaratish, sport sanoati siyosatini shakllantirish, nazariy tadqiqotlar o'tkazishga qaratilgan.
#GSBE#GraduateSchool#China#Training#Sport
🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube