TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Maudhui ya chapisho
Maudhui
#profilaktika ✅ Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan poytaxt hududidagi mavjud restoran va kafe-barlarda maxsus eslatmalar o'rnatib chiqilmoqda! ‼️ Eslatmalarda spirtli ichimlik ta'sirida avtomashina boshqarish ta'qiqlanganligi, agarda haydovchi sarxush holatda bo'lsa "Yo'lovchi tashish" xizmatlaridagi yollanma haydovchilar yordamidan foydalanish xususida ogohlantirilgan. 💬 Shuningdek jarayonda ovqatlanish shaxobchalarining ish boshqaruvchilari bilan ham suhbatlashilib, xo'randalar mast holda transport vositalarini boshqarib ketishlarini oldini olish, tashish xizmati(peregon)dan foydalanishlarini taklif qilishlari ta'kidlanmoqda. 💬📱 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati 🕊@UBDD_UZ