Maudhui
#YTH 🔴 Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot ‼️ Joriy yilning 9-aprel kuni taxminan soat 09:00 larda Yangihayot tumani Qurg‘ontepa ko‘chasida, “Sam moyka” avtomobil yuvish shoxobchasi qarshisida 1993-yilda tug‘ilgan haydovchi “Lacetti” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 1988-yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan. 🔴 Yo‘l-transport hodisasi natijasida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 🟢Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 🟢 Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz. ✅ Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati