Maudhui
Avval ta’kidlaganimdek, bizni xalq juda tez birlashadi. Faqat birlashishiga yo’l qo’ymaydigan tizim uzluksiz ishlab turgani uchun ham birlasholmayapti. Birlashgan muxolifat ichidan bo’linmagan uch kishi, men, Jahongir Muhammad va Komil Inson qoldik. Tinchimagan chekistlar tizimi endi shu uchlikni ham bo’lib tashlashni maqsad qilib , tarmoqlarda turli fitnalarni boshlab yuborishdi. Ammo bu maqsadlari amalga oshmaydi. Ularning fitnalariga oson aldanadiganlar bugun safimizda yo’q. Ichkaridan fitna chiqaradiganlar ham endi qayta safimizga kiraolishmaydi. Shu sababdan ham fitnani tashqaridan, yangi yuzlarning qo’li bilan boshlashganini farosat ahli tushunib oladi. O’zi odatda fitnachilarga ahamiyat bermayman. Ammo bularning bir yomon odati bor. Bugun qilgan tuxmatlarini ertaga unutib yuborishadi. Kimdir eslatsa eslay olishmaydi. Masalan, do’stim Abduqodirga suiqasd qilinganida shu fitnachilar Abduqodir birovni xotini bilan yurar ekan, eri bilib qolib bu ishlarni qilibdi degan ig’volarni tarqatishgandi. Oradan mana uch yil o’tdi. Butun boshli tizim nega bular o’shanda bilgan erkakni topolmadi? Suiqasd ishi jinoyatchilar topilmagani uchun to’xtatildi. Bugun bir dumalab Abduqodirga qayg’urib qolganlar, o’shanda unga tinmay loy chaplashganini unutishgan bo’lishsa ham men yaxshi eslayman. Abduqodirni ustidan kimlar yozganini unutishgan bo’lishsa ayblov xulosadagi arizachilarning ism-shariflarini yana bir bor ommaga e’lon qilishim mumkin. @UygonTuron