TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Uyg’onish
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT POST

Post #123

@uygonturon

Uyg’onish

Mionekano1,330Idadi ya mionekano
Imechapishwa23 Mac23/03/2026, 21:38
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Masalan mengayam shunday mazmundagi xabarlar judayam ko’p keladi. O’nlab shunga o’xshagan xabarlarni kanalga joylashim mumkin lekin buni o’zimga lozim ko’rmayman. Shu kungacha bular nima mag’zava ag’darsa indamadim, ahamiyat bermaslikka harakat qildim. Biroq, nima qilarini bilmay qolgan bu to’da o’zim ularga hadya qilgan kanal va guruhda ko’rnamaklarcha men va ustoz Jahongir Muhammadni yomonlashdan nariga o’tisholmayapti. Tasavvur qiling ko’chada qolgan bir to’da yalangoyoqlarni uyizga kiritib, ularga joy berasiz. Keyin bu yalangoyoqlar ko’rmaganni ko’rgani qursin qabilida sizni o’z uyizni ularga qoldirib ketishga majbur qoldiradi. E mayli, Alloh o’zi yo’limni ochadi deya ularga uyingizni qoldirib ketasiz. Biroq, bu uyga mehnati singmagan, beli og’rimagan yalangoyoqlar uyingizni maymunxonaga aylantirishadi. Oqibatda hamma u yerdan qochadi. Kundan-kunga atroflarida hech kim qolmaganini ko’rgan yalangayoqlar barchasiga yana sizni aybdor qilishni boshlashadi. BO’Mda qolganlar va men o’rtamizdagi voqealar ham shu qissaga o’xshaydi. Ko’plar e’tibor bermang bir kun charchashar deyishdi. Lekin farosatdan mosuvo bu odamlar hech menikiga osilishdan charchaydiganga o’xshamaydi. Bugun, Toshkent vaqti bilan 22:00 da, @UygonTuron telegram kanalimda chat ochaman. Kimni nima gapi bo’lsa bemalol kelib chatda o’zimga aytishi mumkin. Savollar bo’lsa ochiq javob beraman. Har xil tuxmatlariga ham asos topib berolsalar ochiq javob beraman. Qolaversa ularga ham mening savollarim bor. Man ochiq muloqotga tayyorman. Zora shundan keyin menikini chaynashni bas qilishsa. @UygonTuron