TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Uyg’onish
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT POST

Post #124

@uygonturon

Uyg’onish

Mionekano1,270Idadi ya mionekano
Imechapishwa24 Mac24/03/2026, 07:59
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Tovuqxonani bir kunda qursa bo’ladi. Mustahkam qal’a esa yillar davomida quriladi. Bizga ishongan millionlab yurtdoshlarimizni mustahkam qal’ada jamlash mumkin edi, tovuqxonada emas. Afsuski xalqning e’tibori va qo’llovini ko’rib, ilgari hech bunday e’tibor ko’rmagan hovliqmalar qal’a qurishga ko’p vaqt ketadi, biz shoshilishimiz kerak deya tovuqxona qurdilar. Ma’lumot uchun ular ro’yxatdan o’tkazgan NNT lardan 2024 yil ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston ichida 8240 ta shunday jamoat birlashmalari mavjud. Ya’ni bunday markazlarni hatto elchixonasi bo’lmagan uzoq Kanadadan emas, O’zbekiston ichidan ham ro’yxatdan o’tkazsa bo’lardi. Tovuqxona qurish uchun O’zbekistonda hech qanday ta’qiq yo’q. Ular, chetda muxolifat deb ro’yxatdan o’tkazib bo’lmas ekan deya bizni aybdor qilmoqchi bo’ldilar. Lekin nizomlari umuman boshqa yo’nalishda ekani, BO’M qabul qilgan nizom bu emasligini gapirmadilar. Hay’atimiz bor deydilar, vaholanki hujjatlarga qaralsa bu markazda atigi uchta ta’sischi va ularning hech biri jamoatchilikka tanish bo’lmagan, hatto o’zbekcha bo’lmagan ismlarni ko’rish mumkin. Bosh ta’sischi Ziyad Husseyn kim? Nega buni ommaga ochiqlashni istashmayapti? Bungayam biz aybdormizmi? Ular biz BO’Mni davom ettiramiz deb da’vo qilishganida men o’z kanal va guruhlarimni ularga hadya qildim. Yo’qsa bu bechoralar qanday qilib yangi kanal ochib odam to’play olardi? Shular qiynalmasin deb o’z kanalimni ularga qoldirdim. Biroq, yaxshilikni bilmaydigan, ichida marrazi to’lib ketgan bu hasadchi kimsalar mendan olgan o’z kanalimda meni va men hurmat qiladigan ustoz Jahongir Muhammadni qoralashdan nariga o’tisholmayapti. Ammo bu ham yaxshilikka, agar kanalimni bermaganimda ularning naqadar pastkash kimsalar ekanini jamoatchilikka qanday ko’rsatgan bo’lardim? Xullas, BO’M katta maqsadlar bilan boshlangan edi. Ammo uni saviyasi tovuqxona qurish darajasidagilar bilan davom ettirib bo’lmasligini tushunganimiz uchun tark etdik. Ha vaqtimiz oz edi, mustahkam qal’a qurishga ko’p vaqt ketardi. Ammo bizni boshqa choramiz yo’q edi. Bu qal’a poydevorlari aslida 90-yillarda qo’yilishi kerak edi. Ammo bizdan oldingilar qal’a qurish o’rniga bir-birlarini qoralash bilan vaqtni behuda o’tkazib yuborishdi. Shuning uchun qanchalar mashaqqatli va uzoq vaqt talab qilmasin, biz bugun ular boshlamagan ishlardan boshlashga majburmiz. Poydevori yo’q qal’ani fasadini boshlolmaymiz. Bugun, Toshkent vaqti bilan 22:00 da @UygonTuron da barcha andishalarni chetga surib, ochiq va qattiq gaplashamiz. @UygonTuron