TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Uyg’onish
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT POST

Post #155

@uygonturon

Uyg’onish

Mionekano1,530Idadi ya mionekano
Imechapishwa28 Mac28/03/2026, 14:42
Maudhui ya chapisho

Maudhui

BO’M kanal va guruhining shantajchi ko’rnamaklar qo’liga o’tishi haqida Eng boshidan BO’M harakatni davom ettirmoqchi bo’lganlarga berilishi, biroq, egalik huquqini omonatdor kishiga berishimni, ko’rnamak Shoira Hasanga esa omonatni ishonib bo’lmasligini aytganman. Shundan keyin o’sha paytdagi rais o’rinbosari Oybek Qurbonov, O’zbekistonda ekanini aytib, egalik huquqi unga berilishi to’g’ri bo’lmasligini, tashqaridan kimdirga berilishi kerakligini aytib, AQSHda yashayotgan, Hay’at a’zosi bo’lgan Muzaffar Jo’rayevni tavsiya qilgan. Rais o’rinbosarining xoxishiga ko’ra kanal va guruhning egalik huquqi Muzaffar Jo’rayev berilgan. U keyinchalik boshqalarga kanalni yuritish huquqlarini bergan. Biroq, 100 dollarga sotilgan boshqa Hay’at a’zolarining ko’magi bilan raislikka kelgan bu shantajchi xotin Oybek Qurbonovni ham, Xidirnazar Olloqulov, Muzaffar Jurayevni va boshqa uni qo’llamaydiganlarni Hay’atdan chiqargan. Bu odamlar mard chiqqani uchun indamay ketishgan, ularga o’xshab ishtonini boshiga kiyib janjal qilishmagan. Ammo Hay’atdan ketkazgani, kanal va guruhlar adminligi ham bu buzg’unchi xotinni ko’zini to’ydirmagan. Avval Muzaffar bilan yaxshi bo’lib olib, uning qayerda yashashi, qanday status bilan AQSHda yashayotganini bilib olgan buzg’unchi xotin, Kemal Yo’ldosh bilan birgalikda uni shantaj qilishga tushishgan. Kanal va guruh egaligini bizga bermasang, manziling bo’yicha AQSH migratsiya bo’limiga yozib, seni O’zbekistonga deport qildiraman deb shantaj qilishadi. Shoira Hasanni yaqindan tanigan Kanadada yashaydigan boshqa bir yurtdoshimiz, uning rostdan ham shantajchi ayolligini, u bilan tortishmaslikni maslahat bergach Muzaffar omonat topshirilgan kanal va guruhlarni egalik huquqlarini mendan so’ramay ularga topshiradi. Oqibatda, o’zi umrida kanal ochib 50 kishiyam yig’olmaydigan saviyadagi bozorchi xotin, BO’M faoliyati uchun berilgan kanalni shantaj yo’li bilan o’zlashtiradi va shundan keyin 3 ta troll akkauntlar ochtirib guruhda menikini chaynashni boshlab yuboradi. Umri davomida yolg’on gapirib, odamlarni shantaj qilib, qo’rqitib yashagan bu ko’rnamak xotin bugun yumshoq joyini betiga qo’yib, shuncha qilgan iflosligidan zarracha uyalmay, bez bo’lib kanalda men va ustoz Jahongir Muhammadni yomonlashni davom ettirib kelyapti. Bu ishlarni u nega qilyapti, BO’Mni ichkaridan parchalashni bu buzg’unchi xotinga kimlar buyurdi, ertaga jonli suhbatda batafsil to’xtalaman. Menga ko’plar ularga ahamiyat bermaslikni aytishyapti. Biroq, bugun bularning xiyonatiga yetarlicha e’tibor bermasak, bundaylarning palagi yanada keng yoziladi. Xoinlarga marhamat qilinmasligi kerak. Sotqinni esa jinsi bo’lmaydi. Juda zo’r ketayotgan BO’M harakatini ichkaridan parchalab yuborgan bu sotqin xotinni qilgan xiyonatini e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi. Zolimga marhamat, mazlumga xiyonatdir! @UygonTuron