Maudhui
G’arbda nasroniylar uch yirik guruhga (katolik, pravoslav va protestant) bo’lingan. O’z navbatida bu guruhlar ham bir necha kichik guruhlarga bo’lingan. Qolaversa dinsizlar ham (ateist, deist, agnostik) judayam ko’p. Shunga qaramay ular jamiyat va davlatni yuksaltirishda doim birlashib harakat qiladilar. Agar kimdir adolatsizlikka uchrasa uning huquqlarini tiklash uchun barchalari birlashadilar. Qaysidir qatlamning huquqlari poymol bo’lsa, “ voy u dinsizku yoki katolik ekanku” - demaydilar. Barcha birdek uning huquqlarini himoya qiladi. Tarafdorlari tashkil qiladigan mitinglar, namoyishlarga zamin yaratishadi. Lavozimga keladigan amaldorning e’tiqodi, millati, o’tmishini emas, uning faoliyatini muhokama qiladilar. Shuning uchun bugun kim adolat izlasa g’arbga keladi. Eslayman. Yurtimizdagi adolatsizliklar, zulmga qarshi kurashish, muxolifat atrofida birlashib, mamlakatimizda qonun ustuvor bo’lgan adolatli jamiyati qurishni maqsad qilib, barcha uyg’oq vatandoshlarimizni safimizga qo’shilishlarini so’rab maydonga chiqdik. Shu paytlarda juda ko’plar bilan shaxsan bog’lanib suhbatlashdim. G’oyamiz barchaga ma’qul bo’ldi. Biroq, birlari, jamoalarizda falonchi benamoz kishi bor ekan, men benamoz bilan bir safda turmayman deya chiqib ketdilar. Boshqalari, saflarizda dindor kishi bor ekan, men radikallar bilan birga bo’lmayman dedilar. Yana birlari, falonchining e’tiqodi to’g’ri emas, u bor joyda meni chaqirmang dedilar. Boshqalari erkchilar bor ekan, falonchi dushmanim bor ekan kabi yana boshqa sabablarini keltirdilar. Ba’zilari, men hozircha kuzatib turaman, balki keyinroq vaziyatga qarab qo’shilarman dedilar. Xullas maqsad qolib, bir-birlarini qarashlarini qoralab safga kelib qo’shilmadilar. Oqibatda bu birlashuv uzoqqa bormadi. Mana 100 yildan oshibdiki, yurtimini bir vaqtlar yahudiylar qurgan tuzum boshqaryapti. Bu tuzumni qurganlar bizni o’zimizdanda yaxshi biladilar. Nozik nuqtamiz shu e’tiqod masalamiz ekanini bilishgani uchun yillardirkim manashu nuqtamizga zarba berib keladilar. Qachonki xalqni birlashtirishni maqsad qilib kimlardir ko’krak kerib chiqsa, ularni manashu nuqtasidan sindirishadi. Birini ateist deb gap tarqatishadi, boshqasini radikal yoki millatini tojikka, yahudiyga chiqarishadi, o’tmishi haqida turli tuxmat va bo’xtonlar tarqatib o’rtaga nifoq solishadi. Bu fitnaga aldanib o’tgan asrda qo’rboshilarimiz ham birlasholmadi, jadidlarimiz ham bir-birini tuzumga sotdi. Mustaqillik yillaridagi qulay fursat ham havoga uchdi. Ammo xulosa qilinmadi. Bugun ham o’sha eski fitna usuli bilan bo’lib tashlashyapti. Bu mavzuda hammaning o’z haqiqati bor. Ammo tarixning achchiq haqiqati shuki, unda birlashmaganlar doim dushmanga yem bo’ladilar. Bugun nega g’arb qudratli biz zaif bo’lib qolganimizning yagona formulasi shu. Adolat uchun ular kim bo’lishlaridan qat’iy nazar birlashadilar. @UygonTuron