TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Uyg’onish
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT POST

Post #177

@uygonturon

Uyg’onish

Mionekano1,820Idadi ya mionekano
Imechapishwa12 Apr12/04/2026, 12:28
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Insoniyat tarixidan ma’lumki barcha dinlar mohiyatan adolat bayrog’i ostida vujudga keldi. Qaysiki dinning kelib chiqish tarixini qaramang kishilar eng avvalo unga adolat izlab qo’shildilar. Ammo vaqtlar o’tishi bilan eski dinlar o’z mohiyatini ya’ni adolatni yo’qotib, kuchlilarga (hokimiyatga) kuchsizlarni boshqarish vositasiga aylandi. Aynan shu sababdan yettinchi asrda Islom dini vujudga keldi. Islomdan avvalgi nasroniylik dini o’rta asrlarda inqirozga yuz tutdi. Odamlar ommaviy dindan chiqdilar. Buning birgina sababi nasroniylik endi ilgarigidek ular izlagan adolatni bermagani va shunchaki hukmdorlarning qo’lidagi boshqaruv vositasiga aylangani edi. Odamlar ishondilar va aldandilar. Buni tushunib yetgach uni tark etdilar. Islom dini ham mohiyatan adolat ustiga qurilgan. Kimki uni boshqaruv vositasiga aylantirar ekan u ishonchliligini yo’qotadi va sekin-asta inqirozga yuz tutadi. Bugun Islom nomidan gapirayotganlar bilsinlarki, so’zlari va amallarida zulmga qarshilik ko’rinmasa, haq uchun kurashmasliklarini turli sabablar bilan oqlasalar, Islomning zaiflashishini va eski dinlar kabi mohiyatini yo’qotishi uchun hissa qo’shayotgan sababchilaridan bo’ladilar. Tabiiy shirasi yo’qolgan bolni shakar qo’shib xaridor jalb qilib bo’lmaganidek, mohiyati yo’qolgan e’tiqodni hech bir sunnat amal va hech bir aqida bilan saqlab qolib bo’lmaydi. Haqiqiy Islom adolat ustida quriladi. Chin mo’minlar haqiqat yo’lida kurashadiganlardir. @UygonTuron