Maudhui
Vafo Mo’minga raddiya: Avvalo, vatan omon bo’lishi har bir vatandoshning, ayniqsa, uyg’oq qatlamning qanchalar siyosiy faolligiga bog’liq. Bugun mamlakatlar bosib olinmayapti, sotib olinyapti. Insonlarni majburlab o’zligidan ayirishmayapti, buni ularning xoxishiga aylantirshyapti. Siz kurash bog’lagan yod madaniyatlar tashqaridan emas, ichkaridan tizimli rivojlantirilyapti. Sizningcha TV larimizda qo’yilayotgan faxsh targ’ibotlarini tashqi kuchlar qilyaptimi? TVlarimizni nazorat qiladiganlar ko’rmayaptimi? Siyosiy faollarni sahifalarini bugun bemalol bloklatayotgan dxx landovurlari tobora ko’payib borayotgan instagram va tiktokda 100 minglab obunachilarni yig’ayotgan translar va geylarning sahifalarini nega bloklatolmayapti? Bugun siz aralashishni istamayotgan (balki qo’rqayotgan) siyosat sabab yerlarimiz Xitoylarga sotilyapti, davlat aktivlari AQSH yahudiylari qo’liga o’tyapti, sizningcha bularga kim aybdor? Biz doim xalqimiz birlashmaydi deb aybni oddiy avomga to’nkab o’rganganmiz. Aslida dunyoning hech qayerida, hech qachon xalq birlashmagan. Xalq doim ergashadi. Istalgan daholaringizni kitoblarini varoqlang, ular ham xuddi shu fikrni bildirishgan. Bizni xalq mustaqillik yillarida ham birlashgan edi. Biroq birlashtirayotgan muxolifatning safida hammasining ham niyati xolis emas edi. Ko’plar muxolifatni kelajagini hokimiyatda ko’rib, manfaat ilinjida unga kelib qo’shildilar. Xalq qo’lladi, biroq ustunlik kommunistlar tomonga o’tgach bu manfur kimsalar muxolifatning parchalanishiga sababchi bo’ldilar. Bu mag’lubiyatlarning ta’siri hozir ham seziladi. Xalqni ergashtirish salohiyatiga ega insonlar real amaliy ishlarga kelganda men siyosatchi emasman deb orqaga urishadi. Faollar qo’rqqanidan keyin oddiy xalqda nima ayb?! Sizga eslatma! Mirziyoyev ham siyosatchi emas, maktabni ikkiga o’qigan oddiy irrigator. Chekistlar qurgan tuzum doim ana shunaqa ikkichilarni tepaga chiqarib, parda ortidan davlatni o’zlari boshqarib kelishyapti. Bugun O’zbekiston geylashmoqda. Katta ehtimol bilan yana 10-15 yildan keyin hatto g’arb yoqqasini ushlaydigan darajada geylar ko’payib ketadi. Chunki bu ishlar tizimli qilinyapti. Amaldagi rejimni faqatgina jamiyatni faxshga botirib saqlab qolish mumkin. Sizning ularga qarshi kurashingiz esa teskari effekt berib, ularni manfaatlariga xizmat qilyapti. Misol uchun, dutor qo’shig’i aynan tanqidlar sabab rekka chiqdi. Ular sizga buning uchun raxmat aytishsa arziydi. Vatan qachongi uning mard o’g’lonlari o’limga tik boqib siyosiy maydonga kirsalar omon bo’ladi. Bugun eng muhim janglar maydonlarda emas, minbarlarda bo’lyapti. Bugun tashqaridagi emas, ichimizdagi dushmanlarimiz asosiy xavf bo’lyapti. Bugun konstitutsiyaviy huquqlarimizni eslatish emas, undan foydalanish payti. Shunday muhim tarixiy pallada “Men shunchaki faolman, siyosatchi emasman”deyishingiz, jang maydonidagi “men vatanimni sevaman ammo jang qilolmayman, kechirasizlar” deydigan askarning gapidan bo’lyapti. Bugungi AQSHni siyosatchilar emas, siz va menga o’xshagan xalqning ichidan chiqqan fidoiylar qurgan edi. Xuddi shunday yurtimizni bugun botayotgan botqoqdan faqatgina uyg’oqlar siyosiy maydonda birlashibgina chiqarishlari mumkin. Boshqa yo’li yo’q. P.s: Tasavvur qiling, siz, Rasul Kusherbayev va boshqa yuzlab faollar kelinglar birlashib, konstitutsiyaviy huquqlarimizdan foydalanib, muxolifat partiyasi tuzamiz, parlamentga kirib, o’sha yerda haqiqat uchun kurashamiz desangiz man ishonch bilan aytaman millionlab odamlar atrofingizda birlashadi. Amaldagi avtoritar rejim ham bunday paytda chorasiz qolib sizlarga yon berishga majbur bo’ladi. Shunchaki, muammo xalqda emas, muammo sizlarda. Tizim allaqachon chirib bo’lgan, xalq ham bu tizimdan to’ygan. Ammo uyg’oqlarimizda ozgina “dux”yetishmayapti. @UygonTuron