TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Uyg’onish
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT POST

Post #199

@uygonturon

Uyg’onish

Mionekano4,310Idadi ya mionekano
Imechapishwa2 Mei02/05/2026, 16:47
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Siyosiy mahbus, jurnalist Abduqodir Mo'minov qamalganida bir necha medialar tarkibida taftish.uz va uning rahbari G'ayrat Aberayev DXX foydasiga ishlab bergani haqida o'sha paytlarda yozgan edim. Abduqodirning taftish instansiya sudida ham G'ayrat Aberayev DXX uchun ulkan xizmat qilib bergan edi. Jurnalist deya sudga kiritildi. Xalqaro tashkilotlar va jamoatchilikka "mana sud ochiq bo'ldi, jurnalistlar kiritildi" deyildi. Biroq bu sotqin jurnalist akalari aytgandek xizmatni qilib qo'ygan edi. Yaqinda ozodlik radiosi ular haqida video material e'lon qilibdi. Unda taftishchilarning, ayniqsa G'ayrat Aberayevning DXX bilan aloqalari haqida ham ma'lumotlar oshkor qilingan. Ya'ni mening 3 yil avvalgi iddaolarim tasdiqlangan. Barchaga ko'rishni tavsiya qilaman. Xullas, G'ayrat Aberayev va taftishchilar dxx dagi akalariga ishonib, IIV va DXX o'rtasidagi jangda IIV ni obro'sizlantirishda faol ishtirok etishgan. Oqibatini esa ko'rib turibsiz. Bu ishlar bugun dxxdagi akalariga qattiq ishonib yuborgan ba'zi quloqlarga dars bo'lsin. Ularga ham navbat yaqin qoldi. Alloh bor, o'zi chevar☝️ @UygonTuron