Maudhui
Assalomu alaykum do’stlar, maslakdoshlar. Sog’lom siyosat shunday maydonki, unda doim turli kuchlar goh o’zaro birlashadilar, goh ayrilib o’z yo’llaridan ketadilar. Sog’lom siyosatning oltin qoidasi shu. Tarixdagi eng buyuk liderlar ham, ular tuzgan harakatlar ham, bir necha bor bo’lingan, birlashgan, parchalangan, qayta tiklangan va shu tarzda kuchayib borgan. Aql egalari bularni biladilar va har ishdan bir xayr kutadilar. Axmoqlar esa doim gapirishdan to’xtamaydilar. Birlashgan O’zbek Muxolifatining bugungi Kengash yig’ilishida raislik lavozimidan o’z ixtiyorim bilan voz kechdim. Ammo bu degani chekindim degani emas. Birlashgan O’zbek Muxolifati yagona g’oya ustida qurildi va eng boshidan bu harakatda shaxslar ustun bo’lmasligi ta’kidlandi. Harakatda bugun yetarlicha kuchlar bor, ozgina vaqt davomida anchagina nomi tanildi, ko’plab yurtdoshlarimizning umidiga aylandi. Amaldagi avtoritar rejimni yaxshigina qo’rquvga solaoldi. Xalqimiz birlasha olishini isbotladi. O’ylaymanki, Kengash a’zolari yangi rais bilan kelgan joyimizdan davom ettirishadi. Men bu harakatda oz fursat raislik qildim. Biroq, bunday sharafli lavozimni o’ziga yarasha mas’uliyati ham bor edi. Kamina doim yolg’iz harakat qilishga odatlangan, ko’proq e’tiborini yosh avlodga qaratadigan va hech qanday qoliplar, chegaralar, qoidalarga amal qilmay harakat qilib o’rganganman. Shu sababdan, Birlashgan O’zbek Muxolifati tarkibidan chiqdim. Ammo xalqimizga bergan va’dam kuchida. Men bu yo’lda kafanimni kiyib kirganman va Allohdan boshqa hech bir kuch meni bu yo’ldan qaytarolmaydi. Muxolif harakatlar ko’p bo’lishi kerak deb aytganman. Xuddi shunday, bugundan yangi, o’z harakatimga asos solishga qaror qildim. Mazkur muxolif harakat, Allohning izni, ustozlarimizning nasihatlari, xalqimizning duolari va fidoiy yoshlarning jasoratlari bilan tashkil qilinadi. Maqsadimiz bir, faqat yo’llarimiz turlicha. Bo’linmaymiz, safimizni buzmaymiz va birgalikda kelgan joyimizdan davom etamiz. Birlashgan O’zbek Muxolifatiga bu mashaqqatli yo’lda sabr-matonat, kuch-quvvat va temir iroda tilayman. Yurtdoshlarimdan ularni qo’llab-quvvatlashda davom ettishlarini so’rayman. Harakatga aloqador telegramdagi kanal va guruhni yangi rahbariyatga topshiraman. Shu sababdan men ortiq u kanal va guruhda fikrlarimni yozmayman. Men bilan kuzatuvchilarim orasida aloqa uzilmasligi uchun yangi telegram kanalim @UygonTuron da kuzatib borishlariz mumkin. Bundan keyin faqat shu kanalda yozaman. Hurmat bilan, Asliddin Kamol @UygonTuron