Maudhui
Kuratorlarimiz qayoqqa g'oyib bo'ldi deyayotgan blogger va jurnalistlar diqqatiga! Taftish.uz ishi doirasida besh nafar landovurlar ham xibsga olingan. Ular orasida ikki yirik landovurlar, DXX Markaziy boshqarmasi, Boshqarma boshlig'i Sherzod Najmiddinov va bo'lim boshligi Sherzod Alimovlar hozir tergov izolyatorida o'tirishibdi. Bu ikki landovur DXX kuratorlarini bevosita nazorat qiluvchi rahbarlari bo'lishgan. Bular boshchiligida deyarli barcha blogerlar, jurnalistlar, faollar nazorat qilingan. Ulardan ba'zilarini esa sotib olishgan. Sotilganlardan taftish.uz rahbari G'ayrat Aberayev xibsga olinishidan so'ng, uning telefonidan landovurlar bilan bo'lgan muloqotlari yozib olingan zapislar chiqqan. Bu yozib olingan suhbatlarda Aberayev IIV xodimlarini obro'sizlantirish kerakligi bo'yicha kuratorlaridan ko'rsatma olganligi va IIV ni jamoatchilik orasida obro'sizlantirish to'g'risida o'zaro suhbatlari bo'lgan. To'plangan dalillar to'g'ri Mirziyoyevga olib kirilgan va barchasini ichkariga tiqish bo'yicha Mirziyoyevdan "fatvo" olingan. Hozirda ishga aloqador boshqa landovurlarning ham iziga tushishgan. Shu sababdan, DXX rahbariyati o'zining barcha ko'ppaklariga (kuratorlar) biroz muddat ko'zdan g'oyib bo'lishni, bloger yoki jurnalist bilan aloqaga chiqmaslikni buyurgan. DXX o'z atrofida Aberayev kabi vijdonini sotgan sotqinlarni yig'ib, ular orqali IIV ni obro'sizlantirish ishlarini Abdusalom Azizov davrida, shaxsan Azizovning roziligi bilan boshlagan. Shu sababdan hozirda sobiq DXX raisini ham ichkariga olishga harakatlar boshlangan. Bir vaqtlar chekistlar qurgan va o'shandan beri millatimiz gultojlarini yo'q qilish bilan shug'ullanib kelgan bu xoin tuzulma bugunga kelib qulash arafasida turibdi. O'zbek xalqi ortiq bu xoin ko'ppaklardan qo'rqmasligi kerak! Aberayev kabi boshqa sotqinlarniyam tez orada nomlari oshkor bo'ladi. Xalq o'z xoinlarini unutmaydi! @UygonTuron