Maudhui
Estoniya bizga bergan dars Biz hali ham "yoshmiz", "endi 35 yil bo‘ldi", "hammasi asta-sekin bo‘ladi" deb o‘zimizni ovutib yurgan bir paytda, Estoniya allaqachon kelajakda yashamoqda. Ular biz bilan bir vaqtda, bir xil xarobalar ustida mustaqillikni boshlagan edi. Lekin bugun ular erishgan natijalar shunchaki muvaffaqiyat emas, bu — bizning tizimimiz uchun hukmdir. Estoniya bugun qayerda-yu, biz qayerdamiz? 1. Boylik darajasi: 2026-yilgi prognozlarga ko‘ra, Estoniyada aholi jon boshiga YaIM 37,700 dollardan oshdi (xarid qobiliyati bo‘yicha esa 51,000 dollardan ziyod). Bu bizning ko‘rsatkichlarimizdan o‘n barobar yuqori! 2. Korrupsiyaga o‘lim jazosisiz g‘alaba: 2026-yilgi Transparency International reytingida Estoniya dunyoda 8-o‘rinni egalladi. Ular hatto "manaman" degan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada kabi gigantlarni ortda qoldirib, dunyoning eng halol davlatlari safiga kirdi. 3. Media erkinligi: Matbuot erkinligi bo‘yicha Estoniya dunyoda 3-o‘rinda! Ular hatto Germaniya va Shvetsiyadan ham yuqorida. Bizda esa jurnalistlar "shantaj qilinib qamalayotgan" bir paytda, ularda ochiqlik taraqqiyotning dvigateli bo‘lib xizmat qilmoqda. Ular qachon boshlagan edi? Biz hali "bozorni shakllantirish" haqida gapirib yurganimizda, Estoniya 1996-yildayoq — mustaqil bo‘lganiga atigi 5 yil bo‘lganda — "Tiger Leap" (Yo‘lbars sakrashi) dasturini boshlagan. Tasavvur qiling: 1999-yilga kelib, ya’ni bundan 27-yil oldin, Estoniyadagi barcha maktablar 100% internetga ulangan edi! Ular yosh avlodni kompyuter qarshisiga o‘tqazayotganda, biz hali qog‘ozbozlik va eskirgan tizimlar ichida edik. Natija esa bugun ko‘z o‘ngimizda: ular dunyoga Skype, Bolt va o‘nlab milliard dollarlik kompaniyalarni berdi. Xulosa: Kim yosh va kim kechikdi? Estoniya isbotladiki, 35 yil — bu dunyoning eng boy va eng erkin davlatiga aylanish uchun yetarli vaqtdan ham ko‘p. Agar davlatda adolat, so‘z erkinligi va korrupsiyaga qarshi real iroda bo‘lsa, 1.3 millionli xalq dunyoni boshqara oladi. Uyg‘oning! Sukunatingiz — mustabidning eng katta quroli. Estoniya xalqi uyg‘oq bo‘lgani uchun boy va erkin yashamoqda. Agar bugun haqiqatni talab qilmasak, bu tizim farzandlarimiz umrini ham o‘g‘irlaydi. 35 yil uxlash uchun yetarli, endi o‘z haqimizni olish vaqti keldi! @UygonTuron