TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Maudhui ya chapisho
Maudhui
Ilyos Safarov bilan shuncha yillik qadrdonlar bo’lsakda, hech qachon unga bunday taklif bilan chiqmagan ekanman. Pressani hatto urush paytida ham hech bir tomon jangga tashlamaydi. Muxolifatdagi qaysidir boy berilgan yuzning o’rniga boshqa yuz chiqarish mumkin. Biroq, Ilyos Safarov kabi bugun kamyob bo’lgan tajribali va xolis jurnalistni o’rnini oson to’ldirib bo’lmaydi. Professional va xolis jurnalistlar, shuningdek, inson huquqlarini himoya qiluvchi professional qiyofalarni muxolifatga jalb qilish siyosiy savodsizlikdan boshqa narsa emas deb hisoblayman. Har qanday xolis, “orqasi toza” muxolifatga ular hozir o’tirgan pozitsiyalaridan ko’proq foyda keltiradilar. https://t.me/haqiqatdaIlyos/2939 @UygonTuron