Maudhui
Takrorda foyda bor! Xalq faqat qahramonlarini emas, sotqinlariniyam unutmasligi kerak! 2023 yil, 23 noyabrda yozgan eski postim 👇🏻👇🏻👇🏻 _ Men hech qachon biror kishi haqida asossiz yozmaganman. Qachon uning kimligiga 100% ishonch hosil qilsam, keyin yozaman. Yaqinda qidiruvga berilgan taftishchilar aytganimdek, kuchishlatarlarning ishonchini oqlashdi. Siyosiy mahbus, Abduqodir Moʻminovning apellyasiya sudiga kirib, hech qanday ma'lumot chiqarmagan jurnalist, endi u haqida buyurtma ish bajaribdi. Buyurtmachi kim deysizmi? Videoni bir qismida, "Facebook foydalanuvchilari Abduqodir Moʻminovga nisbatan salbiy munosabatda" - deya, bir nechta troll akauntlarning izohlarini koʻrsatadi. Aynan shu troll akauntlarni men ancha avval DXX tomonidan ochilgan troll akkauntlar ekanini va DXX buyurtmalarini bajarishini fosh qilganman. Taftishchilar DXX trollarini izohlarini koʻtarib yurgani ham buyurtmachi kim ekanini koʻrsatadi. Ilgari aytganimdek, DXXda kadrlar masalasida jiddiy muammolar bor. Bir ishni eplab bajarisholmaydi. Oʻzlaridan iz qoldirib ketishmasa boʻlmaydi🤦♂️ Taftishchilarning koʻrsatgan bu xizmatlari uchun ularga nisbatan ochilgan ish yopildi menimcha. Aytgancha, qamoqqa olishga sanksiya berilgan kishini bemalol ochiqda jurnalistik surishtiruv oʻtkazib yurishi ham faqat Yangi Oʻzbekistonda uchrasa kerak😁 Kimni kimligini bilib oling, bu buyurtmachi jurnalistlar bilan vaqti keladi, albatta hisoblashamiz hali☝️ DXX buyurtmasini pastdagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin https://youtu.be/BWykkfFBLSc?is=oS2rLXmwIpkkg0Fc @UygonTuron