TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Uyg’onish
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT POST

Post #210

@uygonturon

Uyg’onish

Mionekano1,580Idadi ya mionekano
Imechapishwasiku 29 zilizopita06/05/2026, 19:16
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Tarixidan xulosa chiqarmagan millat xorlikka mahkumdir. O’tgan asrdayam xuddi bugungidek millat dardida, xalqning ozodligi uchun kurashganlar hokimiyat qatag’on mashinasining qurbonlari bo’lishgan. Ularniyam izidan qancha landovur ko’ppaklar izg’ib yurgan. Nomlarini xalq orasida obro’sizlantirishda qancha eshagiyu, bobik-cho’chqalari itdek xizmat qilgan. O’zining tinchini o’ylab qancha sudyayu prokurori tepadan kelgan hukmni indamay o’qib qo’ygan. Qani ularning bari endi? Ammo millat bu xoinlarning xiyonatidan hanuzgacha o’ziga kelolgan emas. Bugun o’tgan asrdagi vatanparvarlarimizning nomlarigina oqlanmoqda. Biroq, o’sha rejim, o’sha qattag’on mashinasi bugun ham o’z ishini davom ettiryapti. Bugun ham minglab ko’ppaklar tuzumning xizmatida kecha-yu, kunduz itdek izg’imoqdalar. Xalqning ko’zini ochayotganlar, taraqqiyot sari boshlayotganlar bugun ham ta’qibda, qamoqda. Kun kelib bugungilaram shunday oqlanadilar. Biroq, tarixdan xulosa qilinmasa, chekistlar qurgan bu xoin tuzum to’xtatilinmasa bugungi tariximiz yana takrorlanaveradi. Yo’qotilgan vaqt, millionlab uvol bo’lgan umrlar va sarobga aylangan orzular qoladi. UYG’ON TURON! @UygonTuron