Maudhui
Takrorda foyda bor! 1939 yilda Yevropani o'zaro bo'lib olish ustida Hitler Germaniyasi va SSSR o'rtasida Molotov-Ribbentrop maxfiy kelishuvi imzolanadi. Kelishuvga ko'ra Yevropaning bir qismini nemislar bosib olishi kerak, Boltiq bo'yi mamlakatlari, Latviya, Litva, Estoniya va Finlandiya esa Rossiya tomonidan egallanishi kerak edi. Shunday qilib, maxfiy kelishuv asosida SSSR va Germaniya ikkinchi jahon urushini boshlaydilar va 1939 yilda Polshaga bostirib kiradilar. Polshaning bir qismini SSSR, bir qismini nemislar egallaydi. 1939 yil 30 noyabrda, Hitler Germaniyasi bilan tuzilgan maxfiy bitmga ko'ra SSSR Finlandiyaga bostirib kiradi. Ruslar Finlandiyani tez fursatda bosib olishlariga ishonishardi. Ammo 170 million aholiga ega bo'lgan qudratli SSSR, atigi 3 million aholiga ega Finlandiyadan kaltak yeb, 1940 yil, 3-martda urushni tugatishga majbur bo'ladi. Bu jangda SSSR yuz mingdan ortiq askarlarini yo'qotadi. Finlandiya mustaqilligini saqlab qoladi. Aynan ana shu urush qudratli deb ko'rilgan SSSRni aslida zaif ekanini, uning urushdagi do'sti bo'lgan nemislarga ko'rsatib qo'yadi. Nemislar o'risni bu qadar sharmanda bo'lishlarini kutmagan edilar. Shu urushdan keyin Yevropani bemalol bosib olayotgan Hitler Germaniyasi bira-to'la daxriy bolsheviklarni ham yo'q qilishni istab qoladi va 1941 yilda, ittifoqchisi bo'lgan SSSRga bostirib kiradi. Nemislar qisqa muddatda SSSRning kattagina qismini bosib olishadi. Uni butkul tor-mor qilishlari ham aniq edi. Biroq, 1941-yilda AQSH prezidenti, Ruzvelt tomonidan Lend-Liz dasturi ishga tushiriladi. Bu dasturga ko'ra, AQSH fashistlarga qarshi, SSSR, Buyuk-Britaniya va Xitoyni qurol-yarog', oziq-ovqat va harbiy texnikalar bilan ta'minlaydigan bo'ladi. Aynan shu dastur sabab nemislar urushda mag'lubiyatga uchrashdi. Bu urush inson qadrini bir tiyinga olmagan ikki qonxo'r diktatorning urushi edi. Ularning o'zaro urushiga millionlab odamlar majburlab jo'natildi. Urushga yuborish uchun ulug' vatan urushi degan cho'pchaklar tarqatilib, odamlarni aldashdi, majburlashdi, qo'rqitishdi, qamashdi, o'ldirishdi. Millionlab yurtdoshlarimiz bu urushga xuddi qul kabi yuborildi. Ularni hayoti, taqdiri, hatto o'z hukumatlarini o'ylantirmasdi. Qancha odam o'lsa-o'lsin lekin diktator va tuzum tirik qolsin! Endi shu fojeani g'alaba deya bayram qilish uchun odam naqadar manqurt bo'lishi kerak? @UygonTuron