Maudhui
Takrorda foyda bor! 2021 yilda yozgan maqolam: ___ Ziyolilarini asramagan millatni Allox shu dunyoni o‘zida xor qiladi! 1938 yil oktyabr. Shu yurt, shu xalq uchun umrini bag‘ishlagan bir gurux millat ziyolilari o‘z ona yurtida bosqinchilar qo‘lida shafqatsizlarcha otib tashlandi. Xo‘sh bu paytda millat qayerda edi? Stalin uchun jonini bergan millionlab o‘g‘lonlar qayerda edi? Axir Qodiriylar, Cho‘lponlar shularni deb jon bermaganmidi?! Ularning so‘nggi daqiqalarini bir ko‘z oldingizga keltiring, xayollaridan eng oxirgi daqiqalarda nimalar kechdi ekan? So‘nggi daqiqagasigacha millatining mard o‘g‘lonlari kelib ularni qutqarishiga umid qilishganmikan? Yoki mana shu qo‘rqoq, o‘zini tinchini o‘ylab yashaydigan millat uchun umrlarini bag‘ishlaganlariga afsus qilishganmikan? Bilmadim bularni qaybiri o‘tdi ularni xayolidan, bu xayollar o‘zlari bilan ko‘milib ketdi. O‘shanda balki bu qo‘rqoq xalqni qarg‘ashgandir? Beayb xalq dushmani deb otilganlarning qancha onaizorlari qarg‘adi ekan bu xalqni? Balki shu farzand dog‘ida kuygan mushtiparlarni qarg‘ishi urdimi, yoki yetim qolgan bolalarning gunohiga qoldimi bilmadim lekin oradan ko‘p ham o‘tmay butun millat farzand dog‘i nima ekanini o‘zida his qildi. O‘z jonini o‘ylab, o‘z yurtida sharafli o‘lim topishdan qo‘rqib ziyolilarini otib tashlashlariga indamay turgan bu xalq ko‘p o‘tmay o‘z diktatori uchun o‘zga yurtlarda xor-u zorlikda kafansiz ko‘milib ketdi. Ularning ko‘pini xatto qabri ham yo‘q. Ular Allox taoloni shunchalar la’natiga mubtalo bo‘lishganmidiki hatto ona vatan tuprog‘i ularni o‘z bag‘riga olishga jirkangandi. Shu o‘rinda Allox “lut” qavmini qanday xor qilganini eslang?! Allox taolo ularga yuborgan ilm ahllarini qadrlamagan, ularga tosh otgan har bir millatni ana shunday jazolashiga tarix guvoh. Bugun esa tarixning mana shu mash’um kunlarini har birimiz yaxshi angalshimiz, taxlil qilishimiz va ular qilgan xatolarini takrorlamasligimiz zarur( biz esa hatto xotira va qadrlash kunida kimlarni xotirlashimiz keraklini ham bilmaymiz). Zero tarixni bilmay turib kelajakni qurib bo‘lmaydi. Kelajakni esa millat ichidan chiqqan fidoiy, jonkuyar ilm ahllari quradi. Shu o‘rinda urush haqida shaxsiy qarashlarimni bildirib ketsam. Birinchidan, millat uchun jon beradiganlar 1941-yilgacha jon berib búlgan edi. Ikkinchidan, Ikkinchi jaxon urushi bu ikki qonho‘r diktator o‘rtasidagi urush edi. Bu urush bizga mutlaqo begona edi. Agar vaqtida bu millat o‘z ziyolilarini quloq tutib, ularning izidan yurganida juda bo‘lmaganda bu urushga o‘z ona tuprog‘ida mustaqil davlat sifatida kirar edi. Shaxid ketsa o‘z ona tuprog‘i ularni bag‘riga olar edi, ammo ular bu urushga qul sifatida majburlab yuborildi. Yoki urushga bormaslikdan boshqa choralari ham bormidi? O‘z bosqinchilari himoyasi uchun o‘zga yurtlarda safarbar qilinib, urushning old qanotlarida qurolsiz, qurol bo‘lsa o‘qsiz jangga kirishni menimcha xech kim istamaydi. Faqatgina qullar bunday nochorlikka maxkum bo‘ladilar va albatta yuqorida aytganimdek Allox ularning qilgan gunoxlari uchun shu dunyoni o‘zida do‘zaxni ko‘rsatgandi. Bu ularga jazo bizga esa ibrat bo‘lsin. Allox o‘tganlarni gunohlarini kechirsin. Kech bo‘lmasidan ilm ahlini ortidan ergashing. @UygonTuron