Maudhui
1937 yil 31 avgust kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining IV Plenumida yozuvchi Komil Yashinning soʻzlagan nutqi: - Yozuvchining "yozuvchi" degan nomi qanchalik faxriy, baland nom ekanini bilishimiz kerak. Chunki sovet yozuvchisidek baxtli yozuvchi hech bir dunyoga kelgan emas, boʻlgan emas. Buning tarixini surishtirganda, oʻtkandagi yozuvchilarning hammasi baxt degan narsani koʻrmasdan "baxt" deb yigʻlab oʻtib ketganlar. Baxt faqat sovet yozuvchisiniki. Shuning uchun baxt gʻalabalarini kuylash, uning sururini, lazzatini sezish va boshqalarga berish bizning - sovet yozuvchilarining ulugʻ vazifasi boʻlib turadi. Biz shunday asarlar yarataylikki, bizning adabiyotimizni, dramaturgiyamizni, poeziyamizni boʻgʻmoqchi boʻlgan sinfiy dushman, xalq dushmanlari Ziyo Said, Elbek, Choʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy va boshqa dushmanlarga qarshi ikkinchi bir zarbali javob boʻlishi kerak... P.s: Katta terror davrida Komil Yashinlar qaysi jadidlarimizni nomini bulg’agan bo’lsa barchasi qatag’on qurboni bo’lib ketgan. Biroq, Yashinlar omon qolgan. Hozir ham millatni uyg’otayotganlarga qarshi hangraydigan Yashinlar oramizda. Unutilgan tarix takrorlanish xususiyatiga ega. Xulosa esa sizdan! @UygonTuron