TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Uyg’onish
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT POST

Post #264

@uygonturon

Uyg’onish

Mionekano617Idadi ya mionekano
Imechapishwasiku 10 zilizopita25/05/2026, 10:20
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Maktabni bitirganimizgayam darrov 19 yil to’libdi. Maktab davri doimiy fan olimpiadalari, musobaqalar va turli iliq xotiralar bilan yodda qolgan. Men tamomlagan maktab nafaqat viloyatimizda, balki Respublika darajasida e’tirof etilgan nomdor ta’lim dargohi sanalardi. Tizim shunday kuchli yaratilgan ediki, maktab ichida ham o’quvchilarni salohiyatiga qarab maxsus iqtidorli sinflar shakllantirilgan va ta’lim dasturidan tashqari qo’shimcha fakultativ darslar o’tilardi. Kamina shu iqtidorli sinfda eng kuchlilar bilan o’qidim. Bunda maktabimiz direktori va bizga ta’lim bergan o’qituvchilar jamoasining mehnatlari beqiyos. Bugungi bilimlarimning poydevori aynan shu maktabda qo’yilgan edi. Buning uchun o’z kasbining fidoiylari bo’lgan ustozlarimga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Asliddin Kamol