Maudhui
Bugun telegram kanalim va guruhim bloklandi. Buni qanday qilishdi? Bugun tongda avvaldan guruhda izohlar qoldirib yurgan bir necha foydalanuvchi bir vaqtning o’zida eski izohlarini barchasini tahrirlaydi. Tahrirlangan izohlarda ular ommaviy telegram qoidalariga zid targ’ibotlarni yozishadi. Ya’ni bolalarning jinsiy zo’rlangan videolarini sotish, soxta bank hujjatlari sotish va shunga o’xshagan ham O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid, ham Xalqaro qonunlarga zid ishlarga qo’l urishadi. Keyin o’zlari go’yoki bu jinoyatlarini kanal ma’muriyatiga to’nkab telegramga shikoyat yuborishgan. Telegram avtomatik tarzda kanal, guruh va sahifamni vaqtincha blokladi. Apellaytsiya tartibida bergan shikoyatlarimdan keyin barchasi qayta tiklandi. Landovurlar maqsadlariga yetolmadilar. Ammo bu ishlari bilan ular Mirziyoyev hukumati va kuch tuzilmalari so’z erkinligiga qarshi naqadar tuban va pastkash ekanligini yana bir bor isbotlashdi. Bizga qarshi hech mard bo’lib kurashishni o’rganmadi bu sharafsizlar. @UygonTuron