TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Uyg’onish
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT POST

Post #43

@uygonturon

Uyg’onish

Mionekano1,680Idadi ya mionekano
Imechapishwa23 Feb23/02/2026, 18:37
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Yutug’imiz haqida qisqacha: Muxolifat harakatini boshlashimiz bilan respublika bo’ylab butun boshli dxx va iiv terrorizmga qarshi kurash bo’limlari 🐶 lari bizga qarshi safarbar qilindi. Har bir 🐶 ga muxolifatni qo’llayotgan yurtdoshlarimizni tarmoqlardan shaxsini aniqlab, uyiga borib qo’rqitib qo’yish bo’yicha kunlik norma belgilandi. Hozirgacha ular uyma-uy izg’ib, qo’llovchilarimizni qonunlarga zid tarzda qo’rqitishayotgani, vakolatlaridan chetga chiqib turli bosimlar qilishayotgani to’g’risida bugungacha xabarlar kelib turibdi. Respublika bo’yicha terrorizm bo’limi 🐶 lari bungacha nima bilan band bo’lishardi? Ular “rezultat” uchun har kuni begunoh yurtdoshlarimizni topib, soxta ayblovlar ilib, qamash bilan band bo’lishardi. Ushbu bo’lim faoliyatidan yaqindan xabardorlar bularni bilishadi. Qisqa muddatdagi faoliyatimiz davomida ularni o’zimiz bilan ovora qiloldik va ular tomonidan soxta ayblovlar bilan qamalishi mumkin bo’lgan yuzlab yurtdoshlarimizni asrab qololdik deb o’ylayman. Hozir ular kimni terroristga chiqarib qamasam degan fikrdan uzoqda, chunki tepadan kelayotgan topshiriqlar boshqacha. Bu bizning ko’zga ko’rinmas g’alabalarimizdan bittasi. BOM dan ketib BOMchilarga qilgan eng katta yaxshiligim esa barcha trollar-u, bobiklarni o’zim bilan olib ketdim. Ya’ni BOMdan yolg’iz o’zim ketganim yo’q. Ularga qarshi tashlangan barcha kuchlar bugun men bilan. Spamlar, trollinglar, haqoratlar, fisqu-fasod mashinalari bugun menga qarshi tashlangan. BOMchilar bilan hech bir 🐶 ning ishi bo’lmay qoldi. Shunday ekan imkoniyatdan to’g’ri foydalaninglar. Barcha 🐶 lar men bilan ovora ekan sizlar otlaringni qamchilanglar, bitta joyda qotib qolmay. Hadeb menikiga osilavermay. ✍🏻Asliddin Kamol @UygonTuron