Maudhui
Birlashgan O’zbek Muxolifatining jamoatchilikka e’lon qilingan nizom va dasturida uning nomi “Birlashgan O’zbek Muxolifati” deb yuritilishi belgilangan edi. Ammo bugungi hujjatda nom o’zgarganini ko’rish mumkin. E’lon qilingan hujjatga qaralsa, tashkilot nizomda ko’rsatilgandek muxolifat harakati emas, oddiy markaz sifatida ro’yxatdan o’tgan. Muxolifat harakatining sobiq raisi sifatida jamoatchilikni qiziqtirayotgan savol meniyam qiziqtiryapti: 1. Nizom va dastur Hay’at yig’ilishida o’zgartirildimi? 2. Nega bu haqida jamoatchilikka e’lon qilinmadi? 3. Avvalgi nizomga zid tarzda boshqa nom bilan va boshqa faoliyat turi sifatida ro’yxatdan o’tkazish nizom talablariga zid emasmi? Bu o’zboshimchalik uchun javobgarlikni kim o’z bo’yniga oladi? 4. Jamoatchilikka e’lon qilingan nom bilan rasmiy hujjatdagi nom boshqa ekan, endilikda markaz rahbariyati muxolifat harakatiga da’vo qilolmasligini biladimi? Xullas, Birlashgan O’zbek Muxolifati degan nomdan voz kechishibdi. Demakki bu nom haliyam egasiz. Kimlar shu nom bilan muxolifat harakatini ro’yxatdan o’tkazsa, qonuniy egalari o’shalar bo’lishadi. @UygonTuron