TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Uyg’onish
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT POST

Post #49

@uygonturon

Uyg’onish

Mionekano1,660Idadi ya mionekano
Imechapishwa25 Feb25/02/2026, 12:25
Maudhui ya chapisho

Maudhui

BO’M ning Nizomdagi huquqiy shakli partiya emas, harakat edi. Eng boshidan ustoz Jahongir Muxammad ham, men ham tashqarida partiya ochib bo’lmasligini, shuning uchun avval siyosiy harakat atrofida xalqni birlashtirishimiz, so’ngra kelgusida O’zbekiston ichida tuziladigan siyosiy partiyalarni qo’llab-quvvatlashimizni aytib kelganmiz. Nizomda ham xuddi shunday. O’qimaganlar uchun nizomni qayta o’qishni tavsiya qilaman. Odamlarning huquqiy savodxonligi pastligidan foydalanib, amaldagi hukumat kabi aldamaslikni maslahat beraman. Harakat va Partiyani farqlolmaydiganlar ushbuni o’qishlarini so’rayman: HARAKAT VA PARTIYA O‘RTASIDAGI FARQ Ko‘pchilik “siyosiy harakat” va “siyosiy partiya” tushunchalarini bir xil deb o‘ylaydi. Aslida ular maqsad va faoliyat shakliga ko‘ra farqlanadi. Siyosiy harakat — bu jamiyatni birlashtirish, muammolarni ko‘tarish va siyosiy o‘zgarishlarga undash uchun tuziladigan keng jamoatchilik platformasidir. Harakat: • xalqni birlashtiradi, • muammolarni ochiq muhokama qiladi, • islohotlar talab qiladi, • kelajakda partiyaga aylanishi mumkin. Siyosiy partiya esa — davlat siyosiy tizimida rasmiy ishtirok etuvchi tashkilot bo‘lib: • saylovlarda qatnashadi, • parlament va hokimiyatga kirishni maqsad qiladi, • qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi. Oddiy qilib aytganda: • Harakat — o‘zgarish uchun kurashni boshlaydi. • Partiya — o‘sha o‘zgarishlarni davlat boshqaruvi orqali amalga oshiradi. Ko‘plab demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar aynan harakatlar asosida shakllangan. Harakat — boshlanish. Partiya — natija. Ps: bu postni harakat bilan siyosiy partiyani farqiga bormaydigan do’stlarizga jo’nating😉 @UygonTuron