Maudhui
Prezidentda bunday vakolat bormi? Masalan: Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida (Germaniya, Fransiya, Shvetsiya kabi) prezident yoki bosh vazir hatto eng iqtidorli va muhtoj talabaga ham o‘z ixtiyori bilan byudjetdan uy, mashina yoki $100,000$ naqd pul bera olmaydi.Sababi: Davlat mablag‘lari faqat parlament tasdiqlagan ijtimoiy dasturlar va grantlar orqali sarflanadi. Talabaning to‘lov qobiliyati yo‘qligi aniqlansa, u "Prezident sovg‘asi"ni emas, balki qonunda belgilangan yordamni oladi. Agar talaba iqtidorli bo‘lsa, u maxsus fondlardan akademik stipendiya oladi; agar kambag‘al bo‘lsa, ijtimoiy nafaqa yoki foizsiz ta’lim krediti beriladi. Bu tizimda inson omili (prezidentning xohishi) emas, qog‘ozdagi mezonlar rol o‘ynaydi. Agar rahbar qonunni chetlab o‘tib kimgadir shaxsiy saxovat ko‘rsatsa, bu korrupsiya va vakolatni suiiste’mol qilish deb baholanadi. Bu esa rahbarning iste’fosi va sudlanishi bilan yakunlanadi. Avtoritar davlatlarda jamoatchilik va sudlar bunday jinoyatlarga ko’z yumadi. Oqibatda, diktator o’z reytingini ko’tarish uchun xalqning pullarini o’zinikidek qonunlarga zid tarzda sarflaydi. Qonuniy yordam beradigan institutlar esa ataylab yo’q qilinadi. Bunday harakatlar konstitutsiya va qonunlarga zid tarzda shaxsga sig’inish g’oyasini ommalashtirish maqsadida qilinadi. Aldangan odamlar, prezidentga raxmat deb qolaveradi. @UygonTuron