TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Uyg’onish
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT POST

Post #51

@uygonturon

Uyg’onish

Mionekano1,850Idadi ya mionekano
Imechapishwa26 Feb26/02/2026, 09:43
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Davlat tomonidan bolalarga beriladigan nafaqalar bolaning haqidir va uni davlat har bir bolaga berishga majburdir! Keling, qaysi davlatlarda bola nafaqalari qandayligini ko'rib chiqamiz: 🇩🇪 Germaniya - Kindergeld bolalar 18 yoshgacha nafaqa puli olishadi. Agar o'qiyotgan bo'lsa 25 yoshgacha. Bola puli har bir Germaniya rezidentiga beriladi. Germaniya fuqaroligiga ega bo'lsa bo'ldi. Bola puli miqdori 250 evro. Bola puli bermaslik uchun hech qanday talab mavjud emas! 🇫🇷 Fransiya - Allocations familiales mamlakatda qonuniy yashayotgan oilalarning farzandlariga beriladi. Bola puli oiladagi bolalar soni, yoshi, oilaning daromadiga qarab 134 evrodan 500 evrogacha o'zgaradi. Bola pulini bermaslik uchun hech qanday cheklov yo'q! 🇬🇧 Buyuk Britaniya - Child Benefit Har bir bola 16 yoshgacha, agar o'qiyotgan bo'lsa 20 yoshgacha nafaqa puli oladi. Birinchi farzand 24 funt. Keyingilari, 15,90 funt. Bola pulini bermaslikka hech qanday cheklov yo'q! Ammo, ota-onaning yillik daromadi 50000 funtdan oshsa, bola puli kamayishi mumkin. 🇨🇦 Kanada- Canada Child Benefit 6 yoshgacha har oyda, 620 kanada dollari, 6-17 yoshgacha 520 kanada dollari. Shartlari, Kanadada yashashi kerak. Kam daromadli oilalarga bundan ko'proq bola puli chiqadi. 🇺🇸 AQSH - Child Tax Credit AQSH fuqarosi yoki rezidenti bo'lgan har bir bola 17 yoshgacha yiliga 2000 dollar miqdorida soliq imtiyozlari, ayrim kam daromadli oilalar uchun avans tarzida oyma-oy to'lanadi. Bermaslik uchun hech qanday cheklov yo'q! 🇯🇵 Yaponiya - Jidō Teate 0-3 yoshgacha 15000 yen 3-12 yoshgacha oyiga 10000 yen, uchinchi bolalar 15000 yen 12-15 yoshgacha 10000 yen Shartlari, ota-ona Yaponiyada yashashi kerak! 🇸🇪Shvetsiya - Barnbidrag Har bir bola oyiga 110 dollar, ko'p bola bo'lsa qo'shimcha to'lovlar bor. Shartlari, Shvetsiyada yashovchi ota-onalarga avtomatik ravishda to'lanadi. 🇰🇷 Janubiy Korea - Adong Sudang 0-7 yoshgacha bolalarga har oy 220 dollarga teng bola puli beriladi. Ba'zi hollarda bola puli ikki barobarga oshirib 440 dollargacha berilishi mumkin. Bola pulidan tashqari, tug'ilishni rag'batlantirish uchun oilalarga turli dasturlar asosida bir qator imtiyozlar va moddiy yordamlar beriladi. Shartlari, J.Korea fuqarolari, rezidentlari, qonuniy tarzda yashayotgan chet ellik oilalar bola puli olishi mumkin. Bola pulini bermaslik uchun cheklov yo'q! Xullas xorijiy mamlakatlarda bola puli olish uchun ish haqidan spravka va shunga o’xshagan qog’ozlar talab qilinmaydi. Bola tug’ildimi davlat uning haqini beradi. P.s: O'zbekistonda bola puli qancha va talablari qanday? Fikrlarizni izohlarda yozib qoldiring! @UygonTuron