Maudhui
Germaniyaga ishchi viza bilan kelgan Nozim aka 2 farzandi uchun har oy 520 evro bola puli olarkan. O’zbek so’mida 7 million 500 ming atrofida. Bunday ma’lumotlarni eshitgan yurtdoshlarimiz bolalarini olib Germaniyaga ko’chib kelmasa bo’ldi. Germaniyada oltin, gaz, neft kabi tabiiy boyliklar yo’q. Byudjet mablag’lari asosan soliqlar hisobiga shakllanadi. Qanday qilib shunday mamlakat nafaqat o’zining vatandoshlariga, hatto xorijdan kelgan mehnat muhojirlarining farzandlariga ham hech qanday shartlarsiz bola puli beryapti? Tabiiy boyliklarga boy O’zbekiston nega o’z aholisiga hatto bola puliyam berolmaydi? Buning sabablari haqida yakshanba kuni, Toshkent vaqti bilan 20:00 da @UygonTuron telegram kanalimizda suhbatlashamiz. Yana shunday misollar bo’lsa izohlarda yozib qoldiring ✍🏻 @UygonTuron