Maudhui
Qiziq statistikaga ko’zim tushdi. Turkiyada turk erkaklariga turmushga chiqqayotgan xorijiy davlat ayollari orasida Suriya va O’zbekistonlik ayollar peshqadam ekan: 2024 yil turklarga turmushga chiqqan ayollar 1. Suriya-3,519 ta ayol 2. O’zbekiston-3,509 ta ayol 3. Marokash-2,427 ta ayol 2025 yilda turklarga turmushga chiqqan ayollar 1. Suriya-3953 ta ayol 2. O’zbekiston-3925 ta ayol 3. Marokash-2749 ta ayol Suriyalik ayollarni tushunsa bo’ladi. Ularda urush edi, ko’pchilik urush sabab mamlakatni tark etdi. Erkaklarning ko’pi janglarda vafot etdi. Lekin O’zbekiston tinch mamlakatku, nega Suriyaliklar bilan deyarli barobar bo’lib qoldik? Koreyslar va Hindlarga tegayotgan ayollarimizni hisoblasa Suriyaliklarniyam ortda qoldirib ketamiz. Qanchalik yashirmaylik bu muammolarning ildizi korrupsiyalashgan hukumat, notog’ri boshqaruv va avtoritar tuzum sabab yuzaga kelgan iqtisodiy tanazzulga borib taqaladi. Muxolifat bo’lmas ekan, xalq birlashib siyosiy maydonda o’z haqini talab qilishni o’rganmas ekan bu muammolar yanada ortadiki aslo kamaymaydi. @UygonTuron