TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Uyg’onish
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT POST

Post #55

@uygonturon

Uyg’onish

Mionekano2,170Idadi ya mionekano
Imechapishwa26 Feb26/02/2026, 22:13
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Birlashgan O’zbek Muxolifati shaxslar emas, g’oya ustiga qurilgan. Bu g’oya atrofida xalqimizni birlashtirish uchun ozmi-ko’pmi mehnatimiz singdi. Arzimas bir chatdagi logoni o’zgartirdiz deb katta janjal chiqargan Shoira opamiz, men harakatni sizdan tez ro’yxatdan o’tkaza olaman degan da’volariga xo’p deb harakatni ularga qoldirib, hatto kanal va guruhlarni ham topshirdik. Biroq ular g’oya qolib ketib shu kungacha bizni qoralash va bizga qarshi turli fisqu fasodlar tarqatishdan boshqa tayinli ish ko’rsatishmadi. Ro’yxatdan o’tkazgan markazlari haqida jamoatchilikka izoh bermadilar. Xalqni aldasak bo’ladi deb voqelikka juda past baho berdilar. Bugun ochiqlik asrida yashayapmiz. Odamlar bemalol istalgan ma’lumotlarni topib biladilar. Ya’ni bugun xalqni aldab bo’lmaydi. E’tiboringizga Shoira opa ro’yxatdan o’tkazgan va xalqdan yashirgan “O’zbek tashabbuslari markazi” ning guvohnomasi va nizomini taqdim qilaman. Ushbu hujjatlarda markaz asoschilari Sara Yasavi, Ziyad Hussian, Mirkamol Yuldashov kabi BO’Mga aloqasi bo’lmagan begona ism-shariflarni ko’rish mumkin. Nizomga qaralsa bu BO’M hay’at a’zolari jamoatchilikka e’lon qilgan nizom emas. Nizomda bu markaz kelgusida hech qanday muxolifat harakati emas, ko’proq konsalting xizmatini ko’rsatadigan NNT ekanini anglash mumkin. Xullas yolg’onning umri qisqa, do’stlar. Bugun 90-yillar emas, sal dunyoqarashni o’zgartiringlar, bizlarga ishonib, umid bilan kelgan odamlarni aldashni bas qilinglar. Maqsadlaring soqqa qilish bo’lsa borib boshqa joyda qilinglar. Muxolifatni nomini sotib, xalqni ishonchini suiste’mol qilmanglar. BO’M Jahongir Muhammadning xalqqa chaqiriqlari bilan Muxolif kuch bo’lib tashkil topdi. Afsuski, buni boshqacha tushunganlar va dardi umuman boshqa bo’lganlar safimizni to’ldirganini ko’rib, har ikkimiz ham bu safdan chiqishga qaror qilgandik. Ammo kurashda davom etamiz, muxolifat harakati albatta tashkil topadi faqat ko’zi to’q, niyati pok, xalqim degan yosh avlod bilan! P.s: Hujjatlar haqiqiyligini ushbu havola orqali kirib tekshirishlariz mumkin👇🏻 https://ised-isde.canada.ca/cc/lgcy/fdrlCrpDtls.html?p=0&corpId=17721790&crpNm=&crpNmbr=1772179-0&bsNmbr=&cProv=&cStatus=&cAct= @UygonTuron