Maudhui
Avtoritar tizimlar uch narsadan juda qattiq qo‘rqadi. 1. Birlashgan xalq Alohida odamlar emas, birlashgan jamiyat tizim uchun eng katta xavfdir. 2. Haqiqatning tarqalishi Avtoritar tizimlar axborotni nazorat qilish orqali yashaydi. Agar muammolar ochiq muhokama qilina boshlasa, tizim zaiflashadi. 3. Elita ichidagi bo‘linish Agar hukumat ichida kelishmovchiliklar paydo bo‘lsa, tizim tezroq o‘zgarishi mumkin. Menimcha diktator Mirziyoyev hukumatining bizdan nega buncha qo‘rqayotganini tushundingiz. Biz ular qo‘rqqan nuqtalarga zarba bera olyapmiz va bu yo‘lda davom etamiz. Toki xalqimizni kambag‘al qilgan avtoritar tizim qulamagunicha. Har qanday davlat o‘zgarishi mumkin. Tarixda bunga ko‘plab misollar bor. Agar xalq birlashsa, hech qanday tizim abadiy emas. Va biz bugun ogoh bo‘lishimiz kerak! Chunki qarshimizdagi raqib mard emas: Avtoritar rejimlar o‘ziga qarshi bo‘lgan muxolif kuchlarni uch usulda yo‘q qiladi: 1. Muxolif harakat liderlarini obro‘sizlantirish 2. Harakat ichida nizolar chiqarish 3. Birlashmoqchi bo‘lgan odamlarni charchatish (BO‘Mga nisbatan qilingan qarshiliklar misolida bularni ko‘rdik) Aldanmasak, qo‘rqmasak, chalg‘imasak, Birlashsak, katta kuchmiz 👊🏻 @UygonTuron