Maudhui
Ko’plar nega raislikdan ketganimni, kanallarni topshirganimni so’rab yozyapti. Va ba’zi do’stlarim bundan xafa bo’lishyapti. Barchaga shu yerda javob beray: O’n marta lavozimimni so’rashsa, o’n martayam topshiraman. O’n marta mehnatlarim singgan kanal va guruhlarimni so’rashsa, o’n martayam bervoraman. Muhimi hech kim mandan ovozimni, aqlimni, kuchimni tortib ololmaydi. Man sizlar bilan boshlagan yo’limizda oxirigacha boraman va sizlar ham man bilan oxirigacha borishlarizga ishonaman. Shu raislik eng boshidan qo’l-oyog’imga kishan bo’ldi. Shu kishanlarni bugun unga oshiq bo’lganlarga qoldirdim. Ko’zlari to’ysin. Biz esa kelgan joyimizdan yo’limizda davom etamiz. Aslo tushkunlikka tushmang! Har ishda bir xayr bor. Muhimi men haliyam sizlar bilanman. Birlashsak katta kuchmiz ✊🏻 @UygonTuron