Maudhui
Terror Siyosati Ko‘pchilik AQSH va Isroilning bugun musulmon davlatlariga qarshi olib borayotgan urushlarini neft, boylik va yer uchun deyishadi. Ular vayron qilgan davlatlarga qaralsa (Iroq, Suriya, Falastin, Eron) bu hududlar o‘tmishda insoniyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan ilm-fan markazlari sifatida tanilgan. Bugungi globalistlar musulmonlarga erkinlik berilsa ular zamonaviy ilm-fanda yashindek tez yuksalishlarini yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham ularga qarshi tinimsiz urushlar, qirg‘inbarotlar ya’ni terror siyosatini olib borishyapti. Rivojlanish har doim qo‘rquv bo‘lmagan, erkin va adolatli jamiyatlarda bo‘ladi. Odamlar tinch va erkin yashab, o‘z fikrini qo‘rqmasdan ayta olgan jamiyatlarda ilmiy fikr, raqobat va yangilik paydo bo‘ladi. Erkinlik bor joyda raqobat yuzaga keladi, raqobat esa jamiyatni oldinga olib chiqadigan bilimli va salohiyatli insonlarning yetishib chiqishiga zamin yaratadi. Buni bugungi kunda rivojlangan ko‘plab davlatlar tajribasida ham ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Nega global siyosiy to‘qnashuvlar Markaziy Osiyo davlatlarini, jumladan, asrlar davomida ilm-fan beshigi bo‘lib, minglab daholarni yetishtirgan O‘zbekistonimizni chetlab o‘tyapti? Nega ular bizda urush chiqarmayapti? Bu jumboqlarning sababi ham xuddi shu nuqtada. Turkiston tuproqlari ( Ruslar qo‘ygan hozirgi nomi Markaziy Osiyo) mana I asrdirki terror siyosati bilan boshqarilyapti. Terror orqali hokimiyatga kelgan Bolsheviklar qurgan SSSR parchalandi biroq, u yaratib ketgan terror tuzumi qulamadi. Bir vaqtlar millat gultojlarini otib, zehniyatimizni qo‘rqoq va majruh qilgan NKVD , keyinchalik KGB degan terror tashkiloti bir dumalab nomini avval MXX ga, so‘ngra DXX ga o‘zgartirdi. Ammo, o‘sha kadrlar va o‘sha terror siyosati hozirgacha davom etyapti. Ziyolilarni bosqinchiga sotgan, tutib bergan xoin kommunistlar esa bir dumalab mustaqillik asoschilariga aylandi va hozirgacha hokimiyat ularning qo‘lida qolmoqda. Shu sababdan ham mana 35 yildirki, Al Xorazmiy, Beruniylarni yetishtirgan tuproq zamonaviy dunyoda ilm-fanga yetarli hissa qo‘shadigan bitta ham olimni yetishtirib berolmadi. Ta’limni abgor qilish, xalqni ongli ravishda ongsizlashtirib, qo‘rquv ostida boshqarish siyosati sabab, Amir Temur vorislari bugun oktagon jang ber deydigan saviyaga tushib qoldi. Ajdodlari buyuk yurt farzandlari bugun dunyoga mardikor va foxisha yetishtirib beradigan mamlakatga aylantirildi. O‘z xalqiga nisbatan I asrdan buyon davom etayotgan terror siyosati tugamas ekan Turkiston tuproqlarida taraqqiyot bo‘lmaydi. Shuning uchun ham Trump va Netyanyaxu kabi globalistlar bu tuproqlarga ahamiyat qaratmaydi. Aksincha, bunday siyosatni ular qo‘llab-quvvatlashadi. Trump Mirziyoyevni mening do‘stim deb bejizga aytmadi. Bir so‘z bilan aytganda, Trump va Netyanyaxu o‘z davlati va o‘z xalqining taraqqiyoti uchun o‘zga millatlar va boshqa din vakillari ustidan terror siyosatini olib borishsa, Mirziyoyevning avtoritar rejimi o‘z hokimiyatini saqlab qolish uchun o‘z xalqi va o‘z dindoshlariga qarshi terror siyosatini olib boryapti. Unutmasligimiz kerak! Jamiyat qo‘rquv va befarqlik bilan boshqarilsa, xalqning salohiyati to‘liq ochilmaydi. Taraqqiyot esa faqat erkin fikr, bilim va adolatli tizim mavjud bo‘lgan joyda yuz beradi. Shuning uchun ham bugun bizga muxolifat suv va havodek kerak! Birlashsak katta kuchmiz 👊🏻 @UygonTuron