TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Uyg’onish
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT POST

Post #71

@uygonturon

Uyg’onish

Mionekano2,110Idadi ya mionekano
Imechapishwa7 Mac07/03/2026, 11:09
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Kamikadze xodimlar yohud tanganing ikkinchi tomoni videosi chiqdi. O’zbek YPX inspektorlarini kamikadzelarga o’xshataman deb yozgandim. Ba’zilar, AQSH policlarida o’q otish huquqi bor deya buni oqlashga urindi. O’q otish bilan mashina g’ildiraklari ostiga o’zini qo’ydek tashlash o’rtasida katta farq bor do’stlar. O’sha AQSH da hech qachon politsiyachi o’z o’limi bilan tugaydigan bunday harakat qilmaydi. Tasvirlarda aniq ko’ringani shuki, BMW belgilangan tezlikdan yuqori harakatlanmagan. Yo’lda bunga imkon ham yo’q edi. Qolaversa, mashinani olib qochilgan deyish ham aqlga sig’maydi. Shunchaki ruxsatsiz haydalgan, bunday harakatga qo’yilgan rasmiy ayblovlar mantiqqa umuman to’g’ri kelmaydi. Rulda yosh bola emas, professional haydovchi bo’lganida ham YPX inspektori sabab yuzaga kelgan fojeani oldini olish imkonsiz edi. Yaxshi advokat olinsa, bolani sudda bemalol oqlash mumkin, albatta IIV qo’g’irchoq sudlarimizga bosim qilmasa. Aslida, kamikadze inspektorlarning yo’lning qatnov qismiga yugurib chiqishi ortidan bunday fojealar tez-tez yuz beradi. Bu safar rulda bola bo’lgani uchunmi yoki IIV ning bu oila bilan xusumati bo’lgani sababidanmi negadir bu voqea tarmoqlarda bo’rttirib ko’rsatildi. Hech kim nega xodimlariz bunday xavfli harakatlar qiladi deb IIV dan izoh so’ramadi. Fokusni bolaga qaratgan asosiy vohimachilar esa IIV bilan doimiy hamkorlik qilib keladigan faollar ekanidan ham ko’p narsa tushunarli o’zi. Shu holatda meni yana ko’plab savollar qiynaydi. Yo’llarda bugun deyarli har kuni yosh bolalar, qariyalar, ayollar halok bo’ladi. Nega ularga bu qadar e’tibor qaratilmaydi? Ayniqsa IIV xodimlari tomonidan ham odam o’ldirish holatlari ko’plab sodir bo’lyapti. Yaqinda IIB xodimi mashinasida urib o’ldirib, daryoga oqizgan murdani 80 kun o’tgach topishdi. Kamikadze xodimga juda kuyungan tizim va tizim faollari bunday voqealarga hech izoh berishmadi? Xullas, yosh boladan aybdor yasaguncha IIV o’z xodimlariga mashina g’ildiraklari ostiga o’zlarini tashlamaslikni tushuntirsa kelgusida bunday fojealarni oldini olgan bo’lardi. Bir kamikadze o’ldi ketdi, ortida yig’lagan oilasi, farzandlari qoldi. Yetmaganiga yana bir oilaga dard bo’ldi. @UygonTuron