Maudhui
2024 yilda qurib topshirilgan ko’prik quladi. Achinarlisi bu ko’prikni qurishga byudjetdan (xalqning pullari) 128,6 mlrd so’m sarflangan. Xo’sh, soliq to’lovchilarning shuncha pulini havoga sovurgani uchun javobgarlikni kim o’z bo’yniga oladi? Kim bu pullarni byudjetga qaytaradi ? 100 yil turadi deyilgan ko’prik nega ikki yilda quladi? Chunki bunday ishlar korrupsiya, tanish-bilish orqali byudjet mablag’larini o’zlashtirishsiz amalga oshmaydi. Milliardlab xalq pullari o’zlashtirilib, qaysidir amaldorlar yaxshigina soqqa ishlab olishadi. Shaffoflik esa, “davlat siri” degan tamg’a bilan xalqdan yashiriladi. Jamoatchilik bu qurilishdagi tenderlar qanchalik shaffof o’tgani, ajratilgan pullar to’g’ri ishlatilganini tekshira olmaydi. Surishtirganni uyiga DXX va IIV itlari boradi. Gapirishdan to’xtamasa firibgar va tovlamachiga chiqarib qamashadi. Yakunda baribir ko’prikni o’zi barcha jinoyatlarni fosh qilyapti. Endi bir o’ylab ko’ring, pulni juda yaxshi ko’radigan diktator Mirziyoyev davrida Respublikamiz bo’ylab minglab bunday inshootlar qurildi. Deyarli barchasi korrupsiyasiz, xalqning pullari talanmasdan amalga oshmadi. Qachon u jinoyatlar o’rganiladi? Jamoatchilikka ochiqlamoqchi bo’lgan jurnalist va blogerlarga bosim qilish to’xtaydi? Yoki qolganlariniyam qulashini kutamizmi? @UygonTuron