TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← Uyg’onish
Uyg’onish avatar

TGINSIGHT POST

Post #99

@uygonturon

Uyg’onish

Mionekano1,930Idadi ya mionekano
Imechapishwa16 Mac16/03/2026, 12:30
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Gyugo va Plexanov inqiloblar haqida naqadar haq edilar. Agar inqilob yoki davlat to’ntarishlari xalqimizga yaxshilik olib kelganida men ikkilanmay shu yo’lni tanlagan bo’lardim. Biroq, Gyugo aytganidek, inqiloblar amaldagi rejimning qudratini yanada oshiradi va xalqning ozodligini yana bir necha yillar ortga suradi. O’ylanmay qilingan 1999 yil voqealari Karimov hokimiyatini yanada mustahkamlagani, Andijon voqealaridan so’ng O’zbekistonda IAK diktaturasi mutlaq o’rnatilgani bunga misol. Shu kunlarda chirib, qulashiga oz qolgan Eron rejimi AQSH va Isroil hujumi sabab yanada mustahkamlangani, Oliy rahnamo o’ldirilgani, tizimning qudratini yanada oshirganini ko’ryapmiz. Hatto qudratli AQSH va Isroil ham Gyugo va Plexanovlarning xulosalarini noto’g’riga chiqara olishmadi. Mediasi, quroli, puli yo’q O’zbekiston aholisi bugungi kunda amaldagi rejimga qarshi qiladigan har qanday g’ayriqonuniy harakati o’zining zarariga ishlashiga inqilob qilish kerak deyayotganlarni farosati yetmayotgani achinarli. Hozirgi siyosiy jarayonlarda, avtoritar rejimni ildizini quritish, konstitutsiyaviy, qonun ustuvor bo’lgan adolatli jamiyat qurishning eng to’g’ri yo’li bu qonuniy huquqlarimizni talab qilish va siyosiy maydonda huquqiy birlashish. Shuning uchun biz yurtdoshlarimizni, konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishga va Mirziyoyev diktaturasiga qarshi siyosiy maydonda birlashishga chaqiramiz. Birlashsak katta kuchmiz! @UygonTuron