TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #115

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View1,340Bilang ng mga view ng post
Na-publishNob 3011/30/2024, 02:35 PM
Nilalaman

Nilalaman ng post

💻 “JOB& EDU FEST” — IT mehnat va ta’lim yarmarkasida 50 dan ortiq IT kompaniyalar yuqori daromadli bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdi Bugun 30-noyabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida 2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” doirasida ZTE kompaniyasihomiyligi ko'magida “Job&Edu Fest” – IT mehnat va ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. 🗣 JOB & EDU FEST – IT sohasiga qiziquvchi yoshlarga sohada muvaffaqiyatli taʼlim olish hamda ish oʻrnini topishga yoʻnaltiruvchi mehnat va taʼlim yarmarkasidir. 📖 Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi. Vazir o‘z nutqida IT sohasida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda muvaffaqiyatli karyera qurish uchun yangi ko‘nikmalarni egallash muhimligini alohida ta’kidladi. Vazir sohada mavjud resurslar va davlat tomonidan yaratilayotgan sharoitlardan maksimal darajada foydalanish orqali yoshlarning o‘z kelajagini IT bilan bog‘lashlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, barchani bu yo‘nalishda faol bo‘lishga chorladi. Batafsil 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin