TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #142

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View1,640Bilang ng mga view ng post
Na-publishEne 1301/13/2025, 10:09 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

O‘z bilimingizni xalqaro darajada tasdiqlang va xarajatlarni unuting! 🔗Xalqaro IT sertifikatlari Sizga qanday imkoniyatlar yaratadi? ✅ Texnik bilim va ko‘nikmalaringizni xalqaro miqyosda tanitadi. ✅ Karyera yo‘nalishingizni aniq belgilash va rivojlantirishga ko‘maklashadi. ✅ Ish beruvchilar orasida raqobatbardoshligingizni oshiradi. ✅ Global IT hamjamiyatining faol a’zosi bo‘lish imkoniyatini beradi. 🛡Xalqaro sertifikatlar uchun xarajatlarni qoplash imkoniyati! Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-fevraldagi 95-son qaroriga ko‘ra, 2024-yil 1-martdan boshlab, yoshlar uchun xalqaro IT-sertifikat olish xarajatlarini qoplash dasturi yo'lga qo'yilgan. Agar Siz 14-30 yosh oralig'idagi O'zbekiston fuqarosi bo'lsangiz, “IT Iste’dod” dasturi doirasida: 🔹 Xalqaro IT-sertifikat va o‘qish xarajatlarining 60 foizigacha qoplash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 🔹 Ingliz tilidan B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lsangiz esa xalqaro professional IT-sertifikatlar uchun xarajatlarni 100% kompensatsiya asosida qaytarib olishingiz mumkin. ⌛Kompensatsiya olish tartibi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. @digitalitvacancy