TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #182

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View4,860Bilang ng mga view ng post
Na-publishPeb 1802/18/2025, 05:13 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

📣Eng nufuzli informatika olimpiadalari Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadalar – yosh dasturchilar va algoritmlar ustalarining eng muhim bellashuv maydonlaridir. Informatika bo‘yicha eng yirik xalqaro olimpiadalar: 🔹EGOI – European Girls' Olympiad in Informatics (o‘quvchi qizlar uchun) 📍 Rasmiy sayt: egoi2025.de 📌 2025-yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadi! 2024-yil O‘zbekiston ilk bor qatnashib, terma jamoasi a’zosi Zarnigor Raximovabronza medalini qo‘lga kiritdi! 🔹IOI – International Olympiad in Informatics (maktab o‘quvchilari uchun) 📍 Rasmiy sayt: ioinformatics.org 📌 Dunyoning eng nufuzli informatika olimpiadasi 2026-yilda ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi! Bu yurtimizdagi dasturchilar uchun katta imkoniyat! 🔹ICPC – International Collegiate Programming Contest (OTM talabalari uchun) 📍 Rasmiy sayt: icpc.global 📌 Dasturlash bo‘yicha bir necha yillar davomida o'tkazib kelinayotgan yirik jamoaviy musobaqa bo‘lib, dunyoning eng kuchli universitet jamoalari ishtirok etadi. 🔹APIO – Asia-Pacific Informatics Olympiad (onlayn olib boriladi) 📍 Rasmiy sayt: https://apio2025.uz/ 📌2025-yilda O‘zbekiston mezbonlik qiladi! Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng iqtidorli yosh dasturchilar bilan bellashish uchun yana bir ajoyib imkoniyat. 🔔Olimpiadalar to'g'risida yanada batafsil ma'lumot olishni istasangiz @xalqaro_it_olimpiada kanaliga obuna bo'lishni unutmang! @digitalitvacancy