TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #196

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View634Bilang ng mga view ng post
Na-publishPeb 2702/27/2025, 10:27 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

✔️Siz kutgan ICT4Girls olimpiadasiga qabul boshlandi: Eng kuchli to‘rttalikka kiring va Germaniya sari yo‘l oling! Sport dasturlash va informatika bo‘yicha iqtidorli qizlarni kashf etuvchi ICT4Girls O‘zbekiston o‘quvchi qizlar olimpiadasiga arizalar 23-mart soat 23:59ga qadar qabul qilinadi. Olimpiada joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tadi. ⁉️Kim ishtirok etishi mumkin: - 20 yoshgacha bo‘lgan maktab, kasb-hunar maktabi, akademik litsey va kollej o‘quvchi qizlari; - Ro‘yxatdan o‘tish formasidagi birlamchi saralashdan o‘tgan qizlar. ✅Dasturlash tillari: C++, Python ✅Olimpiada bosqichlari: hududiy va Respublika bosqichlari. Respublika bosqichida yuqori ball to‘plagan 12 nafar qiz olimpiada g‘olibi deb topiladi va munosib taqdirlanadi. ✍️ Joriy yilda ICT4Girls olimpiadasining g‘oliblari uchun sport dasturlash bo‘yicha maxsus butkemp tashkil etiladi va butkemp so‘ngida saralangan 4 nafar qiz14-20-iyul kunlari Germaniyaning Bonn shahrida bo‘lib o‘tadigan Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi (EGOI 2025) da O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etadi. ❗️ Olimpiadada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida test ko‘rinishida birlamchi saralash o‘tkaziladi. To‘liqroq ma’lumot olish uchun olimpiada nizomi bilan tanishib chiqing. 🔗ICT4Girls olimpiadasida qatnashish uchun 23-mart 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘ting! Telegram | YouTube