TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #200

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View1,050Bilang ng mga view ng post
Na-publishMar 303/03/2025, 09:43 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

❓2025-yilda IT olamida qaysi kasblar dolzarb bo'ladi? Texnologiyalar yildan-yilga tez rivojlanmoqda, bu esa IT sohasidagi kasblarning ham doimiy o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 2025-yilda sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va ma’lumotlar bilan ishlash eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. 🔹Sun’iy intellekt bilan ishlay oladigan mutaxassislar – chatbotlar, tasvir va ovoz generatsiyasi, avtomatlashtirish kabi sohalarda AI mutaxassislariga talab ortmoqda. 🔹Kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish – raqamli dunyo kengaygani sari, xavfsizlik muammolari ham ko'paydi. Hujumlarning oldini olish va ma’lumotlarni himoya qilish IT mutaxassislarining asosiy vazifasiga aylanadi. 🔹Bulut texnologiyalari va DevOps – korxonalar an’anaviy serverlardan voz kechib, AWS, Azure kabi bulut xizmatlariga o‘tmoqda. Bu esa bulut muhandislari va DevOps bo‘yicha mutaxassislarning ahamiyatini oshiradi. ❓Siz qaysi IT yo‘nalishida rivojlanmoqchisiz? Fikringizni yozib qoldiring! @digitalitvacancy