TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #206

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View648Bilang ng mga view ng post
Na-publishMar 1403/14/2025, 03:36 PM
Nilalaman

Nilalaman ng post

“Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun mentorlikka qabul ochildi 📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Xorazm viloyatidagi "Al-Xorazmiy vorislari loyihasi" ning 13 ta hududda olib borilayotgan mashg'ulotlari uchun sunʼiy intellekt, maʼlumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, oʻyin yaratish yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlarni izlamoqda. ✅Mentorlikka talablar: ➡️Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C#, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi; ➡️Artificial Intelligence & Machine Learning - sun'iy intellekt va mashinaviy o‘rganish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan TensorFlow, PyTorch, Scikit-learn va OpenCV bilan ishlash tajribasi. Python, R va algoritmlarni ishlab chiqish, neyron tarmoqlar, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), kompyuter ko‘rish (Computer Vision) va ma'lumotlar tahlili bo‘yicha amaliy tajriba; ➡️Data Analytics – ma'lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan SQL, Pandas, NumPy, Power BI va Tableau bilan ishlash tajribasi. Python, R va statistik tahlil, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, biznes tahlili, mashinaviy o‘rganish asoslari hamda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy tajriba; ➡️Cyber Security – kiberxavfsizlik bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan tarmoq xavfsizligi, xavfsiz kod yozish, penetration testing va ethical hacking bo‘yicha tajriba. Kali Linux, Metasploit, Wireshark, Burp Suite kabi vositalar bilan ishlash, xavfsizlik auditlari, zaifliklarni tahlil qilish, tarmoq va web-ilovalarning himoyasini ta’minlash, shuningdek, shifrlash va autentifikatsiya tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba; ✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar: ➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik; ➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati; ➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak; ➡️Tahliliy ko‘nikmalar. 🔥Ish haqi suhbat asosida belgilanadi. ➡️Ariza qoldirish uchun havola: https://forms.gle/iiCDpGRfYvpkScLs6 ❗️Mentorlikka ishga taklif etilayotgan tumanlar ro‘yxati bu yerda. 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin