TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #210

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View788Bilang ng mga view ng post
Na-publishMar 1903/19/2025, 04:34 PM
Nilalaman

Nilalaman ng post

Senior PM bilan Junior PM o‘rtasidagi farq nimada? Hozir product management bo‘yicha kurslar juda ko‘p (masalan, kanalimda post qilgandim). Bu kurslarda odatda metrikalar, A/B test o‘tkazish, frameworklar va turli metodikalar o‘rgatiladi. Ya’ni, asosan texnik va analitik ko‘nikmalarga (hard skills) urg‘u beriladi. Nazarimda, bu bilimlarni o‘zlashtirish unchalik qiyin emas – har qanday odam ularni o‘rganib, Junior PM bo‘lishi mumkin. Lekin Middle yoki Senior PM darajasiga chiqish uchun boshqa turdagi ko‘nikmalar kerak. Bular haqida kurslarda deyarli gapirilmaydi, lekin real tajribada aynan shu faktorlar PM’ning haqiqiy darajasini belgilaydi. Senior PM darajasiga olib chiqadigan ko‘nikmalar: - Mukammal kommunikatsiya - Sotuv va boshqalarni ishontira olish qobiliyati - Kuchli networking - Emotional intellekt (empatiya) - Mentorlik ko‘nikmalari Nega ular muhim? Chunki kuchli product – bu faqatgina yaxshi strateg yoki tahlilchi emas. U o‘z mahsuloti va g‘oyalarini samarali sotadigan mutaxassis bo‘lishi kerak. PM faqat foydalanuvchilarga mahsulot “sotmaydi” – u har kuni rahbariyat, jamoa va hamkorlarga o‘z fikrlarini tushunarli, ishonchli va aniq yetkazishi kerak. Shaxsan mening tajribamda juda kuchli fikrlarga ega, lekin o‘z g‘oyalarini boshqalarga tushuntira olmaydigan mutaxassislarni ko‘p uchratganman. Ular qanchalik ko‘p texnik bilimga ega bo‘lsa ham, darajasi Junior yoki, eng yaxshisi, Middle PM bo‘lib qolaveradi. Xullas, faqat product management kurslariga emas, soft skills rivojlantiradigan kurslarga ham vaqt va pul ajratishni tavsiya qilaman. Zarar qilmaydi. @latipovasamira