TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #225

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View628Bilang ng mga view ng post
Na-publishAbr 204/02/2025, 05:28 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

Global IT ish bozoridagi xolat: 1. Ishga topshirish ancha qiyinlashgan. Oldin “og’zinga siqqanini beramiz” deyishgan bo’lsa hozir “qani ko’raylikchi qo’lingdan nima keladi” deyishyapti. 2. Lekin hafsalangiz pir bo’lmasin. 2023-yildan beri tech ish o’rinlari 40% o’sgan va hozirni o’zida FAANG’da ~40 000 ish o’rinlari mavjud. 3. AI eksponentsial o’smoqda va tepadagi ish o’rinlarining katta qismini tashkil qiladi. 4. AI dasturchilar ishini olib qo’yadi degan gaplarga e’tibor bermang. Bizneslarga dasturchilar juda kerak va tepadagi 40% o’sish buni yaqqol ko’rsatadi. 5. Intervyu jarayoni g’alati xolatda: oddiy kompaniyalar/startuplar intervyu jarayonlarini AI’ga moslashmoqda, Big Tech esa deyarli o’zgargani yo’q. 6. Intervyuga sistematik yondashgan va ko’p vaqt ajratgan kandidatlar hali ham yaxshi offer’lar olishyapti. 7. O’yin qiyinlashdi, lekin qoidalar hammaga ochiq va oydin. 8. Yetarlicha mehnat va to’g’ri uslub bilan siz hozirgi ish bozorida ham yutib chiqa olasiz. Manba: Pragmatic Engineer