TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #228

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View1,040Bilang ng mga view ng post
Na-publishAbr 404/04/2025, 10:17 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

📁CV va Rezyume – Qaysi biri kerak? Ishga kirish jarayonida CV va Resume tushunchalari ko‘p uchraydi. Ko‘pchilik ularni bir-biridan farqlamaydi, lekin ular o‘ziga xos jihatlarga ega. 🔼CV (Curriculum Vitae) – batafsil ta’lim, ish tajribasi, ilmiy maqolalar, sertifikatlar va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Odatda akademik va ilmiy sohalarda ishlatiladi. Hajmi cheklanmagan. 🔼Rezyume – ish beruvchi uchun eng muhim ma’lumotlarni qisqa va lo‘nda ifodalovchi hujjat. 1-2 betdan iborat bo‘lib, faqat tegishli tajriba va ko‘nikmalarni qamrab oladi. Ishga kirish uchun keng tarqalgan format. ❓ Qaysi biri kerak? Agar akademik lavozim, grant yoki ilmiy faoliyatga ariza topshirsangiz – CV Agar ishga kirish uchun hujjat tayyorlayotgan bo‘lsangiz – Rezyume 🔗Maslahat: Ish beruvchi Sizdan aynan CV yoki Rezyume talab qilayotganini aniqlashtiring va shunga mos ravishda tayyorlang! Agar ishga hujjat topshirish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, ushbu havolani ko'zdan kechiring: Keling, ishga hujjat topshiramiz! ✅Tez orada Job & Edu Fest tashkillashtirilishi kutilmoqda, nima deb o'ylaysiz yarmarkada Sizga qaysi biri kerak bo'ladi? @digitalitvacancy