Nilalaman ng post
✔️IT sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun "Must-have" platformalar 🔵 IT sohasida yangi boshlovchi yoki tajribali mutaxassis bo'lishingizdan qat'iy nazar, bilishingiz kerak bo'lgan va faoliyatingizda qo'l keladigan bir qancha muhim platformalar mavjud. GitHub – Kodni boshqarish va jamoada ishlash uchun eng yaxshi platforma. Boshqa dasturchilar bilan hamkorlik qilish va ochiq manba loyihalarida qatnashish uchun ideal. Stack Overflow– Dasturchilar uchun savol-javob platformasi. Dasturlashdagi muammolarni hal qilishda yordam beradi. GitLab – Git repozitoriylarini boshqarish va CI/CD jarayonlarini avtomatlashtirish uchun zarur. AWS (Amazon Web Services) – Bulutli hisoblash xizmatlari. Dastur yaratish, saqlash va ma'lumotlarni tahlil qilish uchun muhim. Docker – Ilovalarni konteynerlashtirish uchun kerakli platforma. Ishlab chiqish, testlash va tarqatish jarayonlarini soddalashtiradi. Notion – Belgilangan vazifalarni va ta'lim materiallarini tashkil etishda yordam beradi. ❗️Sizningcha, eng samarali IT platformalari qaysilari va qaysi biridan doimiy foydalanib kelmoqdasiz? @digitalitvacancy