TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #234

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View939Bilang ng mga view ng post
Na-publishAbr 1404/14/2025, 11:43 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

🔖Portfolio yaratish uchun 5 foydali yo‘l IT sohasida muvaffaqiyatli ish topish uchun portfolio muhim vositalardan biridir. Agar Sizda hali rasmiy ish tajribasi bo‘lmasa ham, quyidagi usullar orqali mustahkam va professional portfolioni shakllantirish mumkin: ➡️O‘quv loyihalarni portfolioga aylantiring Ta’lim kurslari yoki bootcamplar davomida bajargan amaliy topshiriqlaringizni yakunlangan, sifatli ko‘rinishda taqdim eting. ➡️Shaxsiy loyihalar yarating O‘z qiziqishlaringiz asosida ishlab chiqqan kichik dasturlar, veb-saytlar yoki ilovalar Sizning tashabbuskorligingiz va texnik salohiyatingizni namoyon etadi. ➡️Bepul xizmat taklif qiling Real mijozlar bilan ishlash tajribasi Sizning portfoliongizni amaliy jihatdan boyitadi. Masalan, tanishingiz biznesiga mini sayt, logo yoki Telegram bot. Sizga tajriba, ularga esa foyda! ➡️GitHub profilini faol yuriting Loyihalaringiz kodini GitHub’ga joylashtirish, ularni hujjatlashtirish va muntazam ravishda yangilab borish IT mutaxassisi sifatida Sizning rivojlanishingizni ko‘rsatadi. ➡️Hackathon va ochiq manbali loyihalarda qatnashing Jamoa bilan ishlash, real muammolarni yechish va keng doiradagi texnologiyalar bilan tajriba orttirish uchun ajoyib imkoniyatdir. 🔹Xulosa: Portfolio — bu Sizning amaliy bilimlaringiz va ish uslubingizni namoyon etuvchi asosiy vosita. Uni sifatli, tizimli va natijaga yo‘naltirilgan tarzda shakllantirish bo‘lajak ish beruvchingizga kuchli taassurot qoldiradi. @digitalitvacancy