TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Digital.edu IT Career
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT POST

Post #247

@digitalitvacancy

Digital.edu IT Career

Mga View928Bilang ng mga view ng post
Na-publishAbr 2204/22/2025, 08:51 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

⁉️O‘zbekistonda dasturchilar qancha maosh oladi? Sir emas, IT sohasi bugungi kunda eng tez rivojlanayotgan va yaxshi to‘lanadigan yo‘nalishlardan biridir. Raqamlashtirish, avtomatlashtirish, innovatsiyalar — bularning barchasi IT mutaxassislariga bo‘lgan talabni yanada oshirib bormoqda. Xo‘sh, O‘zbekistonda bir dasturchi qancha daromad topishi mumkin? 🪙Ish haqi darajalari (o‘rtacha): Junior (boshlovchi): 200$ – 500$ Middle (tajribali): 800$ – 1 200$ Senior (kattaroq tajriba bilan): 1 500$ – 2 000$+ Remote yoki xalqaro kompaniyalarda ishlaydiganlar: 3000$ – 6000$+ Haqiqat shuki, dasturchining maoshi uning tajribasi, texnik bilimlari, portfoliosi, ishlayotgan kompaniyasi va hatto shaxsiy yondashuviga bog‘liq. ✍️Misoluchun: Oddiy Frontend yoki Backend dasturchi: 8 – 20 mln so‘m Fullstack dasturchi: 15 – 30 mln so‘m 1C dasturchilar: 3 mln so‘mdan boshlanadi 💡Ruslan Yuldashev (MODME asoschisi) aytganidek: “Bir nafar kuchli Frontend lideri uchun 6 000$ maosh taklif qilingan, lekin O‘zbekistondagi ko‘p dasturchilar bunday taklifni rad etishgan — ehtimol ular allaqachon o‘zlarini qoniqtiradigan darajada ishlayotgandir.” ➡️Har bir dasturchi o‘z mehnati va bilimiga yarasha daromad oladi. Katta maosh birdan kelmaydi — lekin to‘g‘ri yo‘l, amaliy tajriba va sabr bilan bunga erishish mumkin. @digitalitvacancy