Nilalaman ng post
Xo‘sh, 2025-yil uchun shogird olishni boshlaymiz! Bu safar ayrim sabablar tufayli biroz kechroq start oldik, lekin endi bemalol, bosqichma-bosqich boshlasak bo'ladi. 📌 Format qanday bo‘ladi? - Haftasiga 3 kun onlayn uchrashamiz - Har safar oldindan tanlangan mavzular asosida meeting, muhokama va feedback - Hafta davomida yopiq guruhda savol-javob, fikr va tajriba almashish - Har bir ishtirokchiga vazifalar beriladi Bu jarayon oddiy dars emas, bu birga o‘sadigan, izlanadigan kichik jamoa bo‘ladi. ✔️ Kimlar uchun? Agar quyidagilarga "ha" desangiz, ehtimol bu davra aynan siz uchun: - UX/UI dizayn haqida tushunchangiz bor - Ingliz tilidagi resurslarni o‘qib, tushunishingiz mumkin - Mustaqil o‘rganishga odatlangansiz (self-study siz uchun yangilik emas) - O‘z ustingizda ishlashni chin dildan xohlaysiz Resurslar cheklanganligini inobatga olib, faqat 5 kishini qabul qilaman. Tanlov suhbat asosida bo‘ladi. Qiziqsangiz, quyidagi formani to‘ldiring: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeME6v705hfB0AiBJkZPwrxmAuyXRUzrMdt6tL5qdcffUcf_Q/viewform?usp=dialog Savollaringiz bo'lsa izohda qoldirishingiz mumkin. @ruziev_blog